Javob: Avstraliya
191. Gerostratdan farqli ravishda novvoyxonada
Pudding Leyn qo’l ostida ishlagan xizmatkor Tomas
Farriner ismi unchalik mashhur emas. Savol: Shunday
bo’lsada, bu xizmatkorning vafot etgan yilini ayting
Javob: 1666. Izoh: Aytishlaricha, ushbu xizmatkor
sababli 1666-yilda Londonda buyuk yong’in sodir
bo’lgan va uning o’zi ham yong’inda vafot etgan
ekan
192. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Uning ichida
ko’proq yong’oq, olma va hatto apelsin ham yeyilar
ekan. Uning koordinatalari – 51 gradus 30 minut 29
sekund shimoliy kenglikda va 0 gradus 5 minut 50
sekund g’arbiy uzunlikda. Savol: Aniq ayting, gap
qaysi muassasa haqida ketmoqda?
Javob: “Globus” teatri. Izoh: Popkornning analogi
sifatida tomoshabinlar namoyish vaqtida ushbu
mahsulotlarni yer ekan. Bu mahsulotlarning
barchasi – shar ya’ni globus shaklida. Shu bilan
birga “Globus”ning globusdagi koordinatasi ham
sizga taqdim etildi.
193. Vikipediya ma’lumotiga ko’ra, 1592-yilda bahor
faslidagi kunlarning biri – ALFA ning absolyut aniq
sanasi hisoblangan ekan. Savol: ALFA ni toping
Javob: Pi sonining. Izoh: Odatda 14-mart Pi kuni
sifatida
nishonlanadi,
14-mart
1592-yil
esa
3,141592… sonini beradi
194. 1896-yilda Genuyaga kelgan Jeyms Spensli bir
jamiyatga a’zo bo’ladi. Oradan 2 yil vaqt o’tib Spensli
sheriklari bilan birgalikda dastlabki ALFA ga aylanadi.
Savol: ALFA ni aniq ayting
Javob: Futbol bo’yicha Italiya chempioni. Izoh:
Spensli “italyan futboli otasi” hisoblanadi.
“Jenova” chempionatda ilk bor g’olib bo’lgan
klubdir
195. 1827-yilda anarxist Josayya Uorren o’z do’konini
ochadi va bu do’konda siz 12 funt turadigan
makkajo’xorilarni IKS evaziga olishingiz mumkin edi.
AQSh ning ko’pgina shtatlarida IKS kamida 7 dollaru
25 sent deya baholangan. Savol: IKS ni aniq ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |