Javob: Eyfel
26. Nomlaridan biri italyanchadan kirib kelgan va
“sovuq ta’siri” ma’nosini bildiradi. Boshqa nomi – bir
mamlakat nomidan olingan. Qaysi mamlakat?
Javob:
Ispaniya.
1918-yilgi
epidemiya
nomi
“ispanka” yoki “influenze di freddo” deb
nomlanadi.
27. Bir o’rta asrlar olimi yer sharini qush sifatida talqin
qilgan. Unga ko’ra qushning dumi – bu Afrika,
qanotlari – Hindiston va Forsiya, o’ng va chap
tomonlari afsonaviy Yajuj va Majuj shaharlaridir.
Savol: Qushning ko’zlari o’rnidagi joylarni ayting
Javob: Abul Hasan Ali ibn Husayn Masudi fikricha
qushning
ko’zlari
–
Makka
va
Madina
shaharlaridir.
28. Eronliklar fikricha, har qanday laylak bu ishni bir
marta emas, muntazam qilib turadi. Shu sabab
eronliklar “laylak” so’zi yoniga yana bir so’z qo’shib
aytishadi. Savol: Qanday so’z?
Javob: Xoji. Erondagi laylaklar har yili Makka
shahriga uchishadi, shu sabab eronliklar ularni
ham “laylak xoji” deb atashar ekan.
29. Bir yoqimsiz-zamonaviy hazilga ko’ra, X ning
yangi talqini quyidagicha boshlanadi: “Faqat sug’urta
qilinganligi aniq bo’lgandagina…”. Savol: X ni 2 so’z
bilan ayting
Javob: Gippokrat qasamyodi
30. “… Buning ma’nosi shuki, sen endi fuqarosan,
balog’atga yetgansan. Senga vakolat berildi, o’zingni
va boshqalarni o’ldirish vakolati, jiddiy xato qilish
huquqi…”. Amerikalik yozuvchi Jon Apdayk inson
hayotidagi qaysi voqea to’g’risida ushbu fikrlarni
bildirgan?
Javob: Haydovchilik guvohnomasini olish
31. Hozirda Afrika qit’asida turistlar eng ko’p tashrif
buyuradigan 2 ta obyekt bor: birinchisi - inson qo’li
bilan yaratilgan, ikkinchisi – tabiat mo’jizasi.
Birinchisi – Misrdagi piramidalar, ikkinchisichi?
Do'stlaringiz bilan baham: |