ekan
553. Hazil dialog:
- Menga burger va kola berib yuboring
- Yigitcha, siz kutubxonadasiz!
- Kechirasiz, u holda Bulgakov va Bredberi asarlarini
bera qoling
Savol: Dialogda qaysi ikki asar eslab o’tiladi?
Javob: It-yurak va “Momaqaymoqdan vino”
554. Multfilmlardan biri qahramoni juda ham
qobiliyatli ilon edi. U hatto bir vaqtning o’zida raqsga
tusha olar va BU ISH ni qila olar edi. Savol: Qanday
ish?
Javob: Fleyta chalish
555.
Bir she’rda turmush qurmagan xonim
tasvirlanadi, biroz vaqt o’tib u qisqa familiyali misterni
uchratadi va unga turmushga chiqadi. Savol:
Misterning familiyasini ayting
Javob: Sipi. Izoh: Miss Suri turmushga chiqqach
missis Sipiga aylanadi
556. “Londondagi amerikancha aylanma (oborot)”
filmining muvaffaqiyatidan bir qancha yil o’tgach
uning rejissyori Jon Lendis “Triller”ni suratga oladi.
Savol: Unda bosh rolni kim o’ynagan edi?
Javob: Maykl Jekson. Izoh: “Triller” – Maykl
Jeksonning zombilar ishtirokidagi mashhur klipi
557. Uning originalida boshlang’ich etap “eng tezkor
barmoq” deb atalar ekan. Savol: Uni ayting
Javob: “Kim millioner bo’lishni xohlaydi?”
558. 2012-yilda bundan 6,5 ming yil ilgari yashagan
ibtidoiy odamni o’rganayotgan olimlar mumdan
yasalagan Uni topishdi. Mum - U uchun qulay bo’lgan
material, chunki mum inson tanasi haroratida qotib
qoladi. Savol: Uni xorijiy so’z bilan ayting
Javob: Plomba. Izoh: Hatto 6,5 ming yil oldin ham
ajdodlarimiz tishlarni davolagan va plomba qo’ya
olgan. “Plumbum” so’zi fransuzchadan kirib
kelgan va “qo’rg’oshin” deb tarjima qilinadi
559. Olimlar shuni aniqlashdiki, U hatto genlar uchun
ham to’siq bo’lgan: Uning har ikkala tomonida turlicha
o’simliklar o’sgan ekan. Savol: Uni 3 ta so’z bilan
ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |