Javob: Qo’shimcha vaqt. Izoh: Fergyusson
qo’shimcha vaqtlardagi g’alabalari bilan mashhur,
hatto uni “Fergi-time” deb ham atashgan. Shunday
ekan qiyomatda ham u bir ilojini topar? Bu
Marioning fikrlari edi
543. 1901-yilda xalq orasida paydo bo’lgan hazil fikrni
eshiting, agar siz jinoiy kodeksni buzsangiz qamoqqa
ketasiz, Olloh qonunlarini buzsangiz jahannamga
ravona bo’lasiz. Savol: Hazilga ko’ra, agar siz fizika
qonunlarini buzsangiz qayerga ketasiz?
Javob: Shvetsiyaga. Izoh: Nobel mukofotini olish
uchun
544. “Laphroaig” (lafroyg) viskisi o’ziga xos yod
hidini taratadi. Bunda kompaniya ALFA ni hisobga
olgan va shu sabab bu o’ziga xoslik o’z vaqtida
kompaniyaga anchagina kata daromad olib kelgan.
Savol: ALFA ni 2 so’z bilan ayting
Javob: Quruq qonun (suxoy zakon). Izoh: Viski
o’ziga xos ta’mi tufayli meditsina preparatini
eslatgan va quruq qonun paytida aptekalarda
sotilgan
545. GPS funksiyasi sharofati bilan, yodgorlik 240
metr shimolga siljidi. Savol: bu yodgorlik qaysi
mamlakatda joylashgan edi?
Javob: Ekvador. Izoh: Uzoq vaqtlar aynan ekvator
chizig’ida joylashgan deb hisoblangan “Mitad-del-
Mundo”
yodgorligi
zamonaviy
navigatsiya
vositalari sababli o’z o’rnini topdi
546. Muhammad Ali janglardan biri oldidan shunday
degan: “Men raqibimni shunday mag’lub qilamanki,
boshidagi shlemini yechishi uchun unga ALFA kerak
bo’ladi”. Savol: ALFA ni ayting
Javob: Oyoq kiyim kiyish uchun qoshiq
547.
Janubiy
Yorkshirlik
olimlarning
fikricha,
qadimda aslzoda oilalardan biriga tegishli bo’lgan
qabrdan keyinchalik 117 ta g’ishtdan iborat devor
qolgan ekan. Savol: Hozirda bu joy qanday ataladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |