Braziliya migratsiya tizimi


Download 287.73 Kb.
bet2/6
Sana19.04.2023
Hajmi287.73 Kb.
#1364396
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AHOLI DAROMADLARI VA UNING TARKIBIY TUZULISHI TAHLILI

Daromad bu juda keng tarqalgan, keng qo'llaniladigan va shu bilan birga turli ma'nolarda ishlatiladigan tushunchadir. Keng ma'noda, bu har qanday pul tushumini yoki pul qiymati bo'lgan moddiy aktivlarning tushishini anglatadi. Aholining iste'moli darajasi daromad darajasiga bevosita bog'liq. Korxonaning daromadi uning aktivlarining ko'payishi yoki kapitalning o'sishiga olib keladigan majburiyatlarning kamayishi sifatida tavsiflanishi mumkin. "Daromad" tushunchasi umuman davlatga, korxona, firma, jismoniy shaxslarga nisbatan qo'llaniladi.
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig'ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Yu.P.Kokin ta‘kidlashicha ―jami daromad aholining moddiy ta‘minlanishining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, pul daromadlarining barcha turlarini, shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan va shaxsiy iste‘molga qo‘llanilgan natural tushumlar qiymatini o‘z ichiga oladi‖. Aholi daromadlarini ularning tarkibiga turli xo‘jalik subyektlari va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan bepul xizmatlarni qo‘shmasdan ko‘rib chiqish tadqiqot doiralarini toraytiradi, chunki aholining past daromadli guruhlari daromadlarini takror ishlab chiqarishda ularning roli muhimdir.
Daromadlarning mohiyati ularning vazifalarida to‘liq aks etadi.
Aholi daromadlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
qayta tiklovchi,
rag‘batlantiruvchi,
maqomiy,
to‘lov qobiliyatini shakllantiruvchi
farovonlikni oshiruvchi.
Qayta tiklash vazifasi. Bu vazifa aholining takror barpo bo‘lish jarayonidagi qator daromadlarning rolini ko‘rsatadi. Dastlab aholi daromadlari tarkibida ushbu vazifaning bajarilishidagi asosiy rolni ish haqi o‘ynagan, lekin bozorga o‘tish sharoitlarida uning aholi daromadlari tarkibidagi ulushi keskin pasaydi va endi ish haqi bilan bir qatorda odamlarning ehtiyojlarini qondirish jarayonida shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlarning . ulushi ortmoqda, ya‘ni aynan daromadlarning barcha turlari aholining mo‘tadil turmush darajasini ta‘minlashning asosiy manbai bo‘lib qoladi

Download 287.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling