Bronza davri arxeologiyasi
Download 41.49 Kb.
|
BRONZA DAVRI SRUB VA ANDRANOV MADANIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bronza davri
MAVZU: BRONZA DAVRI SRUB VA ANDRANOV MADANIYATI REJA: Bronza davriga tavsif. Eron, Afg`oniston va Hindistonning bronza davri yodgorliklari. Yevropa va Kavkaz hududlarida bronza davri. Bronza davri miloddan avvalgi III-II ming yillikni o`z ichiga oladi. Bu davrda egey dunyosi, Misr, Ikki daryo oralig`i, Hindiston va Xitoyda quldorlik jamiyati ravnaq topgan. Yevropa va Osiyoning ko`p mamlakatlarida esa hali ibtidoiy jamoa tuzumi hukm surgan. Jez miloddan avvalgi III ming yillikda kashf etilgan. Uning vatani Ikkidaryo oralig`i bo`lgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat bo`lib, nisbat jihatidan turli xilda. Bronza metal sifatida ko`p afzalliklarga ega: 1. Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va o`tkirroq. 2. Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq. Mis va bronza tabiatda yombi holida tarqalgan. Misni eritish t° - 1084 S°, bronzaning erish t° 700-900 S° o`rtasida. Mis va qalayni birga qo`shib, qoliplarga quyishgan. Qoliplar toshdan qumtosh yoki toshtaxtachalardan iborat bo`lgan. Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa ho`jaligida ro`y bergan buyuk madaniy xo`jalik ixtiro edi. Yangi metal xarbiy qurollarning turini ko`paytirdi, harbiy qurollarning xili va jangovarligi oshdi. Bronzadan yasalgan uy-ro`zg`or buyumlari ham paydo bo`ldi. Ammo bronza mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun nodir va kamchil metal bo`lib qolaveradi. U mehnat qurollari yasashda tosh xom ashyosini uzil-kesil siqib chiqara olmadi. Chunki dastlab bronzadan munchoqlar, uzuklar, to`g`nag`ichlar yasalgan. Ular asosan ziynat buyumlari edi. Bu davrda tosh qurollar ham ko`plab ishlatilgan. Tosh parrakchalardan keng foydalanilgan. Ammo bronzaning toshga nisbatan ustunlik tomonlari, ya`ni uning juda tez turli shaklga keltirilishi, turli ishlarda foydalanish mumkinligi, ko`p uchraydigan keskir va qattiq tosh qurollarni kamyobligi, mo`rtligi va tez sinishi kabi xususiyatga ega bo`lgan (bronza) metal siqib chiqara olmagan. Bu davrda bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro`zg`or va xo`jalik buyumlari, xarbiy qurol-aslahalar va mehnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayirboshlash kuchaydi. Kishilik jamiyati tarixida birinchi marta muntazam mol ayirboshlash imkoniyati bevosita dehqonchilik va chorvachilikning bir-biridan ajralishi va hunarmandchilikning paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Bronza davri xo`jaliklari xo`jalik va ijtimoiy taraqqiyot darajalari bilan bir-biridan farq qilmasa-da, sopol buyumlarining xili, qabrlar qurilishi jihatidan bir-biridan farqlanadi. Yevropadagi ibtidoiy davr qo`rg`onlarining deyarli hammasi-dan bo`yalgan va bo`yalmagan skletlar topilgan. Skletlar yerda yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda yotishadi. Bu odat keng yoyilgan. Hatto Sharq, Markaziy Osiyo hududlarida ibtidoiy qabilalar tug`ilguncha odam ona qornida qanday holatda bo`lsa, o`lganidan keyin yer bag`rida shu taxlitda yotadi deb o`ylaganlar. Arxeologlar tomonidan murdani bo`yab, bukchaytirib ko`mishning 3 davri ajratib o`rganilgan: Qadimgi chuqur, mozor-qo`rg`onlari (eneolit davriga mansub). Katakomba mozor-qo`rg`onlari. Yog`ochband mozor qo`rg`onlari. Katakomba mozor-qo`rg`onlari go`rlari yon tomoniga o`yib qazilgan alohida lahad shaklidagi qabrlardir. Bu mozor qo`rg`on-lardan bronza, mis-pichoqlar, to`g`nag`ichlar, bigiz, buyumlar topilgan. Katakomba mozor-qo`rg`onlarida tosh qurollar silliqlangan tosh boltalar va chukmorlar, chaqmoqtosh, nayza, o`q va pichoqlar, sopol idishlar ko`plab topilgan, bu sopol buyumlarning aksariyatini tagi tekis va hatto boshqa shakllari ham uchraydi. Download 41.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling