anglatganidan, bu ótish harakatiga móljal bólgan predmet lozim, bu
paxtadir. Bu harakatning ótishida vosita bólgan predmet-mashina.
Demak, paxta, mashina sózlari tóldiruvchidir.
Tóldiruvchi boshqaruvchi sózga tobe bólib, u
boshqariluvchi sanaladi. Uning bu tobeligi,
hokim sózga bog'lanishi har xildir. Bu
tobelanish:
1.Kelishik affiksi yordamida bóladi-kelishikli
konstruksiya.
2.Kómakchi sóz yordami bilan bóladi-
kómakchili konstruksiya.
3.Ham kelishik affiksi, ham kómakchining
ishtiroki bilan, har ikkisining kombinatsiyasi
bilan bóladi.
4. Kelishik affiksi va kómakchi
qóllanmay,sózning tóldiruvchi ekanligi gapning
umumiy konstruksiyasidan, kontekstual
ravishda, tartib va intonatsiya orqali umumiy
mazmundan, bog'lanishdan anglashilib
turiladi.
Boshqaruvchi sóz kópincha fe'llardan, ba'zan
sifatlardan,ravishlardan, otlardan bóladi. Tóldiruvchi ,odatda,
kesimga bog'lanadi, biroq boshqaruvchi sózning ba'zan boshqa
vazifada bólib qolish imkoniyatining ham borligi uning egaga,
aniqlovchiga, boshqa bir tóldiruvchiga, holga bog'langan bólishi
ham mumkin ekanligini kórsatadi:
1.Egaga: Buni senga aytish ma'qul.
2.Aniqlovchiga: Betga aytganning zahri yóq.
3.Tóldiruvchiga: Kitobni keltirganga rahmat dedim.
Tóldiruvchilarning material jihatidan turlariga misollar:
Ot tóldiruvchi: Xon qobog'ini uydi, bulutlar yomg'ir quydi.
Olmosh tóldiruvchi: Menga aytgin kónglingdagi siringni.
Do'stlaringiz bilan baham: |