mahkam siqdi.
Qaratqich formasi (-ning)ni olgan gap bólaklari ham mavjud
darajadagi harakat nomiga bog'lanib, vositasiz tóldiruvchi bólib
keladi: Kitobning óqilishi manga ma'qul bóldi. Vositasiz tóldiruvchi
funksiyasida bólgan predmet ikki xil bóladi: mavjud predmet, hosila
predmet. Birinchi xil tóldiruvchilar mavjud yoki ma'lum
predmetlarni ifodalaydi: Karimov kitobni óqidi. Ushbu misolda
mavjud predmet ustida fikr yuritilgan. Tóldiruvchining ikkinchi
turida obyekt ózi ergashib kelayotgan ish-harakat tufayli yuzaga
kelgan bóladi: Bu zavod traktor ishlab chiqaradi. Odil g'isht qóydi.
Har ikki turdagi tóldiruvchi birikmali bólishi ham mumkin:
Tupurgan tupurgingni og'zingga olma.
Vositali tóldiruvchi jónalish, chiqish yoki órin-payt kelishigi
bilan shakllangan yoki kómakchi bilan birikkan otlar bilan
ifodalanadi. Tóldiruvchilarning qanday ma'noni ifodalashlari
ularning hokim sózlari bilan bólgan munosabatlari asosida
yuzaga keladi.
Jónalish kelishigidagi tóldiruvchilar qanday ma'noni
ifodalashlari ularning óz hokim sózlari,ózlari bog'langan
komponentlari bilan turlicha ma'no munosabatida bóladi.
Ular ish-harakat qaratilgan predmetni, biror predmetning
kim yoki nimaga atalganini, harakat ótgan predmetni, belgi-
xususiyatning nima bilan mavjudligi kabi ma'nolarni
ifodalaydi.
Chiqish kelishigidagi tóldiruvchilar boshqaruvchi sóz bilan
munosabatga kirishib, predmetning asosiy materiali;
chog'ishtirish manba; nimadandir ayrilish, uzoqlashish, xalos
Do'stlaringiz bilan baham: |