Bu buyuk vatanda inson ulug‘, xotira muqaddas


Download 14.55 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.55 Kb.
#1580135
Bog'liq
9-may Xotira va qadrlash kuniga bag\'ishlab ta


9-may tadbir ssenariysi
Mavzu; “Bu buyuk vatanda inson ulug‘, xotira muqaddas


Marjona: Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor.
O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.


Zarnigor: Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarda, termulib shomlar,
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardu-maydonlaring bor.


Marjona: Assalomu alaykum bizlarni ilm sarchashmalaridan bahramand qilayotgan Qadrli Ustozlar.


Zarnigor: Assalomu alaykum qalbi qaynoq, tinib-tinchimas ilmga chanqoq yoshlar. Aziz o’quvchilar.


Marjona: Termiz tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabimizda
9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o’tkazilayotgan “Bu buyuk vatanda inson ulug‘, xotira muqaddas” deb nomlangan badiiy kechamizga xush kelibsiz.


Zarnigor:
Shoirga dedilar sen baxtli inson
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob qildi menga bor armon,
Muallim desalar meni qaniydi.


Zarnigor: Mazkur tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Ruzikulov Azamat Bazarovichga beramiz.
Marjona: Ona-qanchalar qudratli zot. U sizdan hech narsa talab qilmay butun hayotini sizga bag’ishlashga qodir inson. Siz u uchun har doim o’z bolasi bo’lib qolaverasiz. Hozir biz ona mehri ta’riflangan monologni birgalikda ko’ramiz.

Monolog



Zarnigor: 1939-1945-yillar. Dunyo tarixidagi eng shavqatsiz urush. Millionlab odamlarning umriga zomin bo’lgan. O’zbek xalqi ham bu balodan chetda qolmagan. Hozirgi sahna ko’rinishimizda o’zbek xalqining mardligi, o’z so’zida turishi, omonatga qiyomatgacha sodiq qolish aks etgan. Marhamat tomosha qilamiz.


Marjona: O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning farmoyishiga binoan, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan bobolarimiz xotirasini abadiylashtirib, bugun ham el-yurtimiz farovonligini yuksaltirishga, yoshlarni tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni hurmatini joyiga qo‘yish maqsadida “9-may xotira va qadrlash kuni” keng nishonlanmoqda.


Zarnigor: Endi maktabimizning 6-sinf o’quvchilari ijrosidagi Raqsni birgalikda ko’ramiz. Marhamat.


Marjona: Yurt tinchligi uchun jonini tikkanlar hamisha bizning xotiramizda qoladi. Ularning o’chmas yodi xalqimiz tomonidan qadr qiymatini aslo yo’qotmaydi. Vatan qahramonlari uchun Xotira haqida sher.


Zarnigor: Bugungi kunda yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shaharlar-u qishloqlarda xalqimiz tinch-totuv yashamoqda. Maktablarimizda o’g’il-qizlarimiz ta’lim olishmoqda. Hozir biz sizni kayfiyatingizni ozgina ko’tarish uchun Maktabimizdagi holat deb nomlangan sahna ko’rinishini tayyorlaganmiz. Ko’ramiz!


Marjona: Inson xotirasi azizdir. Xalqimiz qadim-qadimdan o‘tgan avlodlarni munosib xotirlab, qadrlab kelgan. Xotira millat tarixi, uning qadriyatlarini madaniyat va ma’naviyatini, bir so‘z bilan aytganda mujassam etadigan buyuk qadriyat.


Zarnigor: Urush yillarida O’zbek xalqi mardona ishtirok etdi. Ular jang maydonlarida ham, front ortida ham qahramonliklar ko’rsatishdi. Hozirgi sahna ko’rinishida qahramon ota-ona haqida so’z boradi. 14 bolani asrab olgan Shoahmad Shomahmudov va Bahri Akramovalar oilasi haqidagi sahna ko’rinishini tomosha qilamiz.


Marjona: Sahna ko’rinishida namoyish etilgan mehr-oqibat, oliyjanob insoniy fazilatlar, bolalarni e’zozlash O’zbek xalqining naqadar mehribon ekanligidan dalolat beradi. Shavqatsiz urush yilllarida bu butun O’zbekiston bo’ylab 1.2 million bola asrab olingan. Qanchadan qancha askarlar davolanib o’z oilalariga qaytishgan.


Zarnigor: Urushda o’z umr yo’ldoshini yo’qotgan ayol. Bu inson butun o’zbek ayolining sadoqatini ramzi sifatida butun dunyoda e’zozlanadi. Hozir biz shoira Zulfiya Isroilovaning “O’g’lim sira bo’lmaydi urush” she’rini birgalikda tinglaymiz.


Marjona: Hurmatli Ustozlar, Aziz o’quvchilar shuning bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Tadbirimizni yakunlab betish uchun so’z navbatini Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Habibjon Rasulovga beramiz.


Zarnigor: Barchangizga sihat-salomatlik tilaymiz. Yurtimiz tinch bo’lsin. Osmonimiz musaffo bo’lsin. Hech qachon urush bo’lmasin. Yurtimiz tinchligiga aslo ko’z tegmasin. E’tiborlarinigiz uchun rahmat.
Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling