Filial tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari:
talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlarni oʻtkazishni ta’minlaydi.
talabalarning kafedra topshiriqlarida koʻzda tutilgan ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi.
talabalarni ichki mehnat tartib–qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi.
talabalarni amaliyot boʻyicha hisobotini koʻrib chiqadi, ularning ishi haqida tavsivnoma beradi. Talabalar amaliyot oʻtganligini ularning amaliy tayorgarligidagi kamchiliklar koʻrsatilgan amaliyotni tashkillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotini kafedra mudiriga taqdim etadi. Amaliyotning toʻgʻri va sifatli olib borilishini ta’minlaydi. Bu oʻz navbatida talabalarni amaliyotga boʻlgan ma’suliyatini keskin oshiradi. Bunda tegishli hujjatlar koʻrilib imzo chekiladi, uchrashuv, amaliy seminar oʻtkaziladi.
talabalar amaliyotini amaliyot dasturiga muvofiq tashkil qiladi va oʻtkazadi.
talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi.
bosqich ishi va Ishlab chiqarish bitiruv ishlari uchun mavzular tanlashda yordam beradi.
hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha koʻrsatmalar beradi.
zarur boʻlgan hollarda ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot obekti rahbarining buyrugʻi bilan jazo choralari koʻriladi va bu haqida filial direktoriga xabar qiladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaliyotga rahbar bo’lgan shaxsning majburiyatlari:
- filialdan belgilangan rahbar bilan hamkorlikda amaliyotchining individual kalendar mavzulari ish rejasini tuzish;
- amaliyotchini ish joyi bilan ta’minlash va ish vaqtidan to’g’ri foydalanilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish;
- amaliyotchi ishiga muntazam rahbarlik qilish, amaliyot dasturini to’liq va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda nazorat qilish;
- har bir alohida ish bo’limining faoliyati bo’yicha amaliyotchi bilan tegishli suhbat olib borish va mazkur bo’limda ishning bajarish muddatini belgilash, undan tashqari, ayrim ishlarni o’rganish hamda ularni bajarish jarayonida noaniq bo’lgan masalalar yuzasidan maslahatlar berib borish;
- dasturda ko’zda tutilgan hamma ishlarning o’z vaqtida bajarilishini amaliyotchidan talab qilish;
- kundaliklardagi yozuvlarni tekshirish va ularning to’g’riligini o’z imzosi bilan tasdiqlash;
- har bir amaliyotchi - talabaga amaliyot oxirida bajargan ishi bo’yicha yozma tavsifnoma berishi va unda amaliyotning natijasini baholashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |