Бу эса уз навбатида жадаллашган кишлок хужалиги сохасидаги фанларни мукаммаллаштириш жадаллашган кишлок хужалик ишлаб чикари


Download 0.86 Mb.
bet2/14
Sana06.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1170961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5410400-seleksiya амалиёт дастури

SO’Z BOSHI
Respublikamizda keyingi yillarda qishloq ho‘jalik ekinlarining yangi nav va duragaylarini yaratish va katta maydonlarga joriy etish uchun seleksiya va urug‘chilik ishlarini yahshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloq ho‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda seleksiya va urug‘chilik ishlarining samarali tashkil etilishi shu soha mutahassislarining malakasi bilan belgilanadi.
Bu sohaning bo’lajak mutaxasislari qishloq xo’jalik ekinlari navlari, duragaylarini yaratish usullari, nav almashtirish va nav yangilash tartibi, urug’chilik tizimini yuritish, o’simliklar genofondini saqlash, fan yangiliklarini, ilg’or tajribalarni joriy etish va shu sohani yuritish bo’yicha, iqtisodiy masalalar bo`yicha ham tavsiyalar bera olish qobiliyatiga ega bo`lishi talab etiladi.
Seleksiya va urug’chilik yo`nalishi bakalavrlarini respublikamizda seleksiya va urug’chilik bilan shug’ullanuvchi muassasalar, birlashmalar, agrofirmalar, urug’chilik markazlari, elita va ixtisoslashgan urug’chilik xo’jaliklarida ishlab chiqarishni jahon andozalari darajasiga ko’tarish maqsadida nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashni kuchaytirish talab etiladi. Shuning uchun Ishlab chiqarish amaliyot davrida 3 bosqich talabalari nazariy jihatdan tayyorgarligini, mustaqil ish va o’z ustida ishlash yo’li bilan davom ettirishlari, amaliyotda bevosita ishtirok etishlari, bitiruv ishlari uchun eksperimental ishlarni bajarish va xo’jalikda ish yuritish tajribasini o’rganishlari zarur.
Ayniqsa, “Agrobiologiya” fakuletining Qishloq xo`jalik ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi ta`lim yo`nalishi talabalari uchun tashkil qilingan Ishlab chiqarish amaliyot mutaxassislikka oid ko’nikmalarni hosil qilishga yo’naltirilgan va ularni shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun talabalarga amaliyotning barcha bo’limlarini bajarish tavsiya etiladi.


AMALIYOTNI VAZIFASI VA O’TKAZISH TARTIBI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlariga muvofiq
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq talabalarning Ishlab chiqarish amaliyotini o`tash tartibini takomillashtirish to`g`risidagi yangi qabul qilingan qaror loyihasida Oliy ta’lim muassasalari talabalarining Ishlab chiqarish amaliyotni o’tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan.
Bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo’lgan talabalar amaliyoti ilg’or korxona, muassasalar, fermer xo’jaliklarida o’tkaziladi.
Ishlab chiqarish amaliyotlar bakalavriat yo’nalishlari davlat ta’lim standartlarida ( DTS) ko’zda tutilgan turli shakllarida tashkil qilinadi.
Talabalarni Ishlab chiqarish amaliyotidagi asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, ishlab chiqarish vazifalarini yechishda amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va yo’nalishi bo’yicha tajriba orttirish;
2. Intensiv texnologiyalarni, ilg’or tajribalarni o’rganish va o’zlashtirish, seleksion nav, duragaylarni baholash, urug’ yetishtirish agro–texnikasi, nav sinash uchastkalari, urug’chilik birlashmalarida ishlab chiqarish jarayonlarini o’zlashtirish va ko’nikmalar hosil qilish;
3. Atrof muhit va tuproqni muhofaza qilish texnologiyalarini o’rganish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvni tejaydigan texnologiyalar, texnologik jaroyonlarni va energiyani tejash;
4. Seleksion markazlarda ekinlarni joylashtirish, duragaylash ishlarini olib borish, kolleksion nav namunalarini baholash, yangi navlar urug’chiligini tashkil etishni o’rganish;
5. Urug’chilik xo’jaliklarida ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish, o’zlashtirish va uning faoliyatini yaxshilash uchun takliflar kiritish;
6. G’o’za, donli ekinlar, dukkakli don, ko’p yillik o’tlar va boshqa ekinlarning seleksion navlarini, kolleksiyalarini o’rganish, urug’chilik tizimini tahlil qila bilish;
7. Mehnatni muhofaza qilish va fuqaro mudofasi holatini o’rganish;
8. Fan yutuqlari, ilg’or texnologiyalarini joriy etish bilan tanishish;
9. Amaliyot davrida hisobot, bosqich ishi uchun ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash, hisobot yozish va himoya qilish.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling