Бу эса уз навбатида жадаллашган кишлок хужалиги сохасидаги фанларни мукаммаллаштириш жадаллашган кишлок хужалик ишлаб чикари


ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNI TASHKIL QILISH VA UNGA RAHBARLIK QILISh


Download 0.86 Mb.
bet3/14
Sana06.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1170961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5410400-seleksiya амалиёт дастури

ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNI TASHKIL QILISH VA UNGA RAHBARLIK QILISh


Ishlab chiqarish amaliyot odatda oldindan rejalashtirilgan joyda oʻtkaziladi va bu uchun mavjud shart-sharoitlar yaratilgan boʻlishi talab etiladi.
Bunda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
Talabalar amaliyoti oliy ta’lim muassasasining davlat aksiyadorlik korxonalari, xo‘jalik, firma, qo‘shma korxonalar, agroklaster bilan tuzilgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi
Yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘qiydigan talabalar amaliyot o‘tish uchun tegishli obyektlarga yuboriladi.
Amaliyot rahbari tajribali professor-o‘qituvchilardan tayinlanadi. Bu rahbarlar talabalarni amaliyot dasturlari bilan ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish amaliyotiga talabalar xo‘jalik sharoiti va kafedra tavsiyasiga binoan tuman xo‘jalik ixtisosiga qarab yuborilishi mumkin.
Amaliyot oʻtashga kelgan talaba shu xoʻjalikning ish tartibi bilan tanishishi va unga rioya qilishi shart. Amaliyotda talaba xoʻjalikdan oʻzboshimchalik bilan ketib qolishi qat’iyan man etiladi, xoʻjalikda ketish uchun xoʻjalik rahbarining, fakultet dekani yoki amaliyot rahbarining yozma ruxsatnomasi kerak;
Talaba belgilangan xoʻjalikka kelishi bilanoq amaliyot dasturini bajarishga kirishadi, xoʻjalikdagi sohalarni oʻrganishning shaxsiy rejasini ishlab chiqadi, kundalik daftar yuritadi, ushbu dasturga ilova qilingan jadvallarni toʻldirish uchun ma’lumotlar toʻplaydi.
Dasturning barcha boʻlimlarini bajarish qat’ian shart.
Talaba asosiy diqqat – e’tiborini mehnatni tashkil qilishning ijara tizimiga qaratishi zarur.
Amaliyot davomida talaba har bir texnologik jarayonni ekin parvarishi xoʻjalikni iqtisodiy faoliyati tomonlarini puxta va aniq oʻrganishi zarur.
Amaliyot davomida talabalar texnika xavfsizlik qoidalariga qatiyan rioya qilishi shart. Bu instruktaj oʻtkazilib imzolash orqali hujjatlashtiriladi.
Talaba amaliyotga filial direktorining buyrug‘i va tegishli hujjatlar asosida yuboriladi va u yetib kelgach bu haqda xo‘jalik rahbariga xabar qiladi.
Talaba xo‘jalikning bosh rahbari va mutaxassislari rahbarligida tasdiqlangan dastur, reja va hujjatlar asosida ish ko‘radi. Shu maqsadda u kundalik yuritib ishlarni rejalashtiradi va undan har bir ishni o‘z vaqtida bajarish talab etiladi. Xususan, dasturda keltirilgan barcha bo‘limlar, jadvallar va ilovalar berilgan ma’lumotlar asosida ma’lumotlar to‘plashga kirishadi
Amaliyot davomida talaba har bir texnologik jarayon, ekin parvarishi, xo‘jalikning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati tomonlarini puxta va aniq o‘rganishi zarur.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling