Amaliyot mobaynida talabaning huquqlari va majburiyatlari
Ishlab chiqarish amaliyotga yuborilayotgan talabalarning huquqlari quyidagilardan iborat:
- amaliyot uchun kafedra tomonidan yo’llanma xatning berilishini;
- amaliyot dasturi va kundaligini o’z vaqtida berilishini;
- talaba uchun kafedra tomonidan rahbar tayinlanishini;
- amaliyot o’tash davrida talabaning tushunmagan savollariga kafedradan tayinlangan rahbar tomonidan tushuntirish ishlarini talab qilinishi;
- amaliyot o’tash davrida vujudga kelgan muammolarni kafedra yoki kafedra belgilagan rahbari bilan bartaraf etish va hokazo.
Ishlab chiqarish amaliyotga yuborilayotgan talabalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- xo’jalik yurituvchi subyektlardan va filialdan belgilangan amaliyot rahbarlari bilan hamkorlikda individual kalendar ish rejasini tuzish (keltirilgan mavzularning rejasi va vaqt fondini taqsimlashga muvofiq ravishda);
- xo’jalik yurituvchi subyektlarning boshqa hamma xodimlari kabi ichki tartib qoidalarga va mehnat qoidalariga rioya qilish talab qilinadi;
- amaliyot dasturining aniq belgilangan muddatda bajarilishi;
- belgilangan shaklda kundalik yuritish, unga har kuni bajarilgan ishni yozib borish va buni xo’jalik yurituvchi subyektlardan belgilangan amaliyot rahbarlarining imzosi bilan tasdiqlash;
- bir haftada bir marta, shanba kunlari amaliyotchi – talaba univer-sitetga tashrif buyurishi, bajargan ishlari haqida kafedrada belgilangan rahbarga hisobot berishi;
- yuqorida keltirilgan mavzular yuzasidan Ishlab chiqarish amaliyoti o’tganligi haqidagi hisobotni tayyorlash, so’ngra bu hisobotni «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasiga o’rnatilgan tartibda topshirish. Hisobotga dastlabki hujjatlar, hisob registrlari, hisobot shakllari va boshqa materiallar ilova qilinishi lozim;
- hisobot bilan birga tavsifnoma ham topshirilishi, tavsifnomaga xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilangan rahbarning imzosi qo’yilishi va subyektning muhri bilan tasdiqlanishi hamda amaliyotchining hisoboti baholanishi lozim;
- amaliyotga bormagan talaba, amaliyot rahbarlariga yozma tushuntirish xati yoki bormaganligi sababi tasdiqlangan ma’lumotnoma ko’rsatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |