Bu fanni o’rgangan talabalar o’lchash vositalarini tanlash va ularni ishlata bilishni hamda standartlashtirish sohasidagi asosiy qoidalarni, tushuncha va ishlamalarni bilishlari zarur
Download 17.81 Kb.
|
Bu fanni o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi ozaro almashinuvchanlik
- Ichki ozaro almashinuvchanlik
To'liqmas o'zaro almashuvchanlik texnik jihatdan bajarilishi qiyin bo'lgan va iqtisodiy kam qo'llanishli joizlikka ega bo'lgan detallarni tayyorlash yoki tiklashda qo'llash mumkin (porshen-gilza ichki yonuv dvigatellarida.plunjer-gilza yonil`i nasosi va boshqalar ). Yoki Qisman o’zaroalmashuvchanlik bo’lganida esa mahsulot yoki uning qismlari boshqa shu singari mahsulot nusxalari bilan almashtirilishi uchun qo’shimcha mehnat sarflab, uning xususiyatlarini moslashtirishni talab qiladi.
O'zaro almashinadilagan detallar o'lchamlari, shakli, qattiqligi, mustahkamligi, kimiyoviy, elektr va boshqa xossalariga jihatidan bir xil bo'lishi shart.Agar detallar va uzellar sifatining fuktsional parametrlari mashinaning (quvvat, ishonchlilik, tezlik va boshqa) ko'rsatkichlariga nisbatan yuqori sifat bimlan ishlashini ta'minlaydigan chegaralarda detalning optimal bahosini ta'minlaydigan qilib aniqlangan bo'lsa, bu funksional o'zaro almashinuvchanlik deyiladi. Funksional o'zaro almashinuvchanlikka qo'shimcha qilib shuni aytish mumkinki, detallar hamda qisimlarning yig`iluvchanlik xususiyatigina almashinuvchanlikni to'la ta'minlashi uchun yetarli emas. Funksional o'zaro almashinuvchanlikka quyidagi holatdagina erishish mumkin. Ya'ni birinchi navbatda o'zaro almashinuvchanlikka geometrik parametrlar (o'lchamlar, aniqligi, shakli, yuzalarning o'zaro joylashishi, yuzi g`adir-budirligi), kinematik parametrlar, detallar materialining fizik, mexanik xossalari, asosan,uning yuza qisimidagi ko'rsatkichlari ta'minlangan bo'lishi hisobga erishishi mumkin. Bundan tashqari,tashqi va ichki o'zaro almashinuvchanlik mavjud. Bu tushuncha detallarga xos bo'lmay qisimlar va butun mahsulotga tegishlidir. Tashqi o'zaro almashinuvchanlik - Mahsulotning tashqi o’zaroalmashuvchanligi deyilganda, uning ekspluatatsion ko’rsatkichlari va shuningdek tutashish yuzalarining o’lchami, shakli bo’yicha bo’ladigan o’zaroalmashuvchanlik tushuniladi. Bu tushuncha etarlicha keng ma`noga ega bo’lib, ko’pchilik detal, uzel va agregatlarga xosdir. Ichki o'zaro almashinuvchanlik - bu mahsulotni yoki qismni tashkil etuvchi ayrim detallar yoki mexanizmlarning o'zaro almashinuvchanligidir. Ichki o’zaroalmashuvchanlik mahsulotning ma`lum bir turi, mexanizm, agregatga xos bo’lishi mumkin va ularga tegishli bo’lgan elementlarning aynan biror bir nusxa hajmida o’zaroalmashuvchanligini ta`minlaydi. Masalan, podshipniklarning aylanuvchi sharik yoki roliklari ichki o’zaroalmashuvchanlikga ega bo’ladi. SHuni ta`kidlash kerakki, har qanday ob`ektni ham qarash darajsi kengayib borishi bilan, uning faqat ichki o’zaroalmashuvchanlikga ega ekanligini isbotlash imkoniyatlari yaqqollasha boradi. Download 17.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling