Bu fanni o’rgangan talabalar o’lchash vositalarini tanlash va ularni ishlata bilishni hamda standartlashtirish sohasidagi asosiy qoidalarni, tushuncha va ishlamalarni bilishlari zarur


Download 17.81 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi17.81 Kb.
#1212188
  1   2   3
Bog'liq
Bu fanni o


Bu fanni o’rgangan talabalar o’lchash vositalarini tanlash va ularni ishlata bilishni hamda standartlashtirish sohasidagi asosiy qoidalarni, tushuncha va ishlamalarni bilishlari zarur.
Zamonaviy ishlab chiqarish texnikasi va uni rivojlantirish istiqbollari, mahsulot sifatiga tobora yuqori talablar qo`yilayotganligi. ishlab chiqarish jarayonlarini ilg`or texnologiyalar asosida tashkil etish uchun detallarni ishlashda, mashinalarni yig`ishda malakakali ishchilar o'zaro almashinuvchanlik, standartlashtirish va texnik o'lchashlarga doir masalalarni ustalar, sozlovchilar va texnologlardek bilishlari talab etiladi.
O'zaro almashinuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o'lchovlar fanini o'rganishda, albatta, chizmachilik, metallar texnologiyasi, texnikaviy mexanika , materiallar qarshiligi, matematika va boshqa fanlardan olingan bilimlarga tayaniladi. Bularni egallash o'z navbatida mashinalar va jihozlarga malakali texnik xizmat ko'rsatishda har tomonlama yordam beradi.
O’zaroalmashuvchanlik deb, buyumlarni shunday konstruktsiyalash va ishlab chiqarish printsipi tushinaladiki,bunda erkin,ya'ni muayyan mashinani nazarda tutmasdan tayyorlangan detallarni tanlamasdan va maxsus to'g`rilab turmasdan yoki qo'shimcha ishlov bermasdan tegishli mashina uzellariga yig`ilganda mashinaning unga qo'yilgan talablariga muvofiq ravishda ishlashini ta'minlaydigan bo'ladi ,yoki mahsulot, uning qismlarining yoki boshqa narsalarning ma`lum ko’rsatkichlari va xususiyatlari bo’yicha shu singari mahsulot nusxalari bilan o’zaro almashish imkoniyatlariga aytiladi. O’zaroalmashuvchanlik baholanish ko’rsatkichlari asosida to’liq, qisman, tashqi, ichki va funktsional o’zaroalmashuvchanliklarga bo’linadi. Erkin tayyorlashda deganda detallarni turli vaqtda,turli joylarda ishlab chiqarish tushinaladi. Masalan, biror uzelning biror detalini ishlab chiqarish bir shaharda, boshqasi esa butunlay boshqa joyda ishlab chiqilgan bo'lishi,uzelni yig`ish esa uchinchi bir shaharda bajarilishi mumkin.
To'la o'zaro almashuvchanlikda detallarni shunday konstruktsiyalash va ularga shunday ishlov berishni ko'zda tutganda,bunda to'plamdan tanlamay olingan istalgan detalni to'g`rilab turmasdan mashinaning tegishli joyiga qo'yish mumkin bo'ladi. Mashinasozlikda to'liqmas (cheklangan) o'zaro almashuvchanliklar ham bo'ladi. Bunda ishlov berilgan detallar dastlabki o'lchamlariga qarab turli guruhlarga ajratiladi,so'ngra biror mashinani yig`ishda shu raqamli va nomli detallarning istalgan emas,balki ayrim guruhdagilargina ishlatiladi.Yig`ilish vaqtida detallpardan biri tanlab olinadi yoki olingan detalga qo'shimcha ishlov beriladi. Xalq xo’jaligida, ishlab chiqarishda to’la o’zaroalmashuvchnlik qoidalaridan keng foydalaniladi. Bu qoidalar mahsulotga qo’shimcha ishlov berilmasdan maqsad uchun to’g’ridan-to’g’ri foydalanish imkoniyatini beradi. O’zaroalmashuvchanlik talabiga javob berish uchun mahsulotning barcha funktsional xususiyatlari bo’yicha texnik talablarda belgilab qo’yilgan oraliqda bo’lishi kerak. Ob`ektning to’liq o’zaroalmashuvchanligini ta`minlash, uni ishlab chiqarish va undan foydalanishda bir qancha yutuqlarga erishishga sharoit yaratadi:
- mahsulot detallari va boshqa qismlarini o’zaro bog’liq bo’lmagan tsexlarda ishlab chiqarib, mahsulotni yig’ishni boshqa bir tsexda tashkil qilish mumkin bo’ladi;
- yig’ish jarayoni soddalashadi va bu ish yuqori saviyaga ega bo’lmagan ishchilar tomonidan detallarni to’g’ridan-to’g’ri tutashtirishga keltiriladi;
- yig’ish jarayonini aniq me`yorlanishi, ishni patokda tashkil qilish va avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadi;
- zavodlar yuqori darajada mutaxassislashib, ular o’rtasida yuqori
samaradorlikga ega bo’lgan hamkorlik o’rnatilishi mumkin bo’ladi;
- mahsulotni ta`mirlash ishlari soddalashadi, chunki har qanday ta`mirlash ishlari, ishdan chiqqan detalni zahiradan yangi yoki oldindan ta`mirlangan detal bilan qo’shimcha ishlov bermasdan almashtirishdan iborat bo’ladi.

To'la o'zaro almashuvchanlikni 5 ,6 kvalitetlar aniqligida bo'lgan detallarga qo'llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir.



Download 17.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling