Buddizm dinining o’rta osiyoga yoyilishi. Toshkent Amaliy fanlar universiteti Tarix fakulteti 101- guruh talabasi
Download 24.44 Kb.
|
Mirzabek
BUDDIZM DININING O’RTA OSIYOGA YOYILISHI. Toshkent Amaliy fanlar universiteti Tarix fakulteti 101- guruh talabasi Abdusalomov Mirzabek KIRISH. O’rta Osiyo Xalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan. Buddizmning O’rta Osiyoda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda grekbaqtriya podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III asrlar) O’rta Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonni o’z ichiga olgan. Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa buyuk ipak yo’li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining qadimdan keng hududlarga tarqalganligini Beruniy ham o’z asarlarida eslatib o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga tomon Suriya hududigacha tarqalgan edi, so’ng mazdaizm siquvi ostida budparastlar Eron va Iroqdan Balxning janubidagi mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”. O’lkamiz xalqlarining Xindiston bilan Kushon davlati va Eftalit davrida yaxshi yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy munosabatlari tufayli hind madaniyati unsurlari bilan Budda dini kirib kelgan. G'arbda Orol va Kaspiy dengizi bo'ylari Janubda Hind daryosining quyi oqimi,Sharqda Xo'tan (Xitoy)dan Banoras (Gangdaryosi bo'yidagi shahar)gacha cho'zilgan Kushonlar imperiyasining boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarining yaxshilanishi, savdo-sotiqning rivoji yangi shaharlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Kushonlar davrida buddaviylikka katta ahamiyat berilgani, diniy rasm-rusumlarni bajarishga alohida e'tibor bilan qaralgani bois maxsus ibodatxonalar bunyod etilib, buddaviylik xalq turmush tarzining muhim tarkibiy qismiga aylanib bordi, madaniyat rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Buni o'sha davrda Baqtriya- Toxaristonning eng taraqqiy etgan madaniyat markazlaridan biri bo'lgan Termizning madaniy-ma'naviy hayotida buddaviylikning misolida ko'rish mumkin. Miloddan avvalgi 1-asrda Termizda buddaviylik ustuvor mavqega ega bo'ldi. Bunda shahar zodagonlarining buddaviylikni qabul qilishi va ibodatxonalar qurilishiga homiylik qilishlari muhim ahamiyat kasb etgan. Qoratepa va Fayoztepa ibodatxonalari eng katta sajdagohlardan hisoblangan. Ularda Buddaning loydan yasalgan katta haykali va stupalar bo'lgan. Ibodatxonalar odatda yer osti va yer usti qismlaridan iborat bo'lgan. Bu yerda alohida stupalar ham mavjud bo'lib, ular oq marmardan mahorat bilan ishlangan Budda haykalchalari bilan bezatilgan "Zo'rmala" stupasi mahobati bilan ajralib turgan. Stupalar bir necha balandlikda to'rtburchak shaklda bunyod etilgan. Stupa usti gumbazsimon qilib ishlanib, unga yog'och yoki toshdan yasalgan langar o'rnatilgan. Bu langarlarda toshdan yasalgan bir necha soyabon bo'lib, buddaviylar uni "chatra" deb atashgan. "Chatra" muqaddas daraxt timsolidir. Stupa koinot ramzi hisoblangan. Uylarda Budda haykali qo'yilgan maxsus ibodat qiladigan xonalar bo'lgan. Keyinchalik Budda haykallari yoniga boddhisattvalarning loydan pishirilgan kichkina haykalchalari qo'shilgan. Ushbu holat ham shahar aholisi hayotida buddaviylik alohida ahamiyat kasb etganini ko'rsatadi. Markaziy Osiyoda buddaviylik. Fayoztepa "vixara" (sanskritcha - kulba, boshpana, buddaviy rohiblarning yomg'ir mavsumi vaqtida yashaydigan kulba, hovli va bog'dan iborat bo'lgan joyi) uslubidagi ibodatxona bo'lib, uning markazida diniy marosimlar o'tkazilgan. Ibodatxona bilan yonma-yon joylashgan stupadan oltin suvi yurgizilgan, sopol va marmardan yasalgan haykallar topilgan. Bu yerdan marmartoshdan nafis ishlov berib yasalgan muqaddas "Boddxa" daraxti ostida o'tirgan Budda va uning ikki tomonida turgan ikki rohib haykali ham topilgan. Qoratepa xarobasidan shimoliy Baqtriyadagi eng katta va mahobatli stupa topilganini alohida qayd etish lozim. Bizgacha stupaning asosi hamda zinapoyaning ikki tomonida joylashgan kichik stupalar, o'sha davrga tegishli yozuv namunalari saqlanib qolingan. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa o'rnida bo'lgan. Kushonlar hukmdori Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllanib, savdo-sotiq markazlaridan biriga aylangan. Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa (qalinligi 10 metrgacha bo'lgan qudratli mudofaa devori bilan o'rab olingan qal'a shahar) majmuasidan Budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan dahma, shuningdek, oltin xazina to'ldirilgan ikki yarim metrli sopol ko'za topilgan. Bular buddaviylikning o'sha davr xalqlari ijtimoiy- ma'naviy hayotidagi mavqei va boshqa mahalliy dinlar o'rtasida egallagan o'rnini ko'rsatadi. Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va madaniyati rivojida buddaviylik muayyan o'rin egallaydi. Bunga Markaziy Osiyo hududida joylashgan Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan arxeologik qazilmalar, jumladan, Shakbyamuni sanamlari, haykalchalar, ramziy g'ildiraklar va stupa qoldiqlari, shuningdek, marmardan yasalgan va juda yaxshi saqlangan Budda haykali aniq dalolat beradi. Markaziy Osiyoda buddaviylik. Qadimgi Termiz xarobalaridan topilgan yirik ibodat majmuasida 25 ta Budda kompleksi (Buddaning tikka turgan, o'tirgan va yotgan holdagi haykallari 3-4 metrgacha balandlikda loy-ganchdan ishlangan) borligi aniqlangan. Qoratepada topilgan arxeologik yodgorliklar yer usti va g'or ichida joylashgan ibodatxona, saroy, rohib (zohid) uchun moslashtirilgan hujralardan iborat bo'lgan. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan yodgorliklar buddaviylikning o'sha davrdagi mavqei haqida xabar beradi. XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. A.V. Narbekov “ Dinshunoslik asoslari” Toshkent -2007 https://uz.wikipedia.org “Qadimgi dunyo tarixi” qo’llanma A. Sagdullayev Toshkent 2009 Download 24.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling