Budjet nazorati
-Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
6-Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan
tushgan mablag’lar harakatito’g’risida hisobot. Ushbu hisobot ta’lim muassasalaridagi o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan. Ta’lim muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni to’g’riligini tekshirib chiqadilar: - o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to’liqligini; - analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini; - tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to’liq va to’g’ri yozilganligini. “1.Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatorida tegishli hisobvaraqlardan ko’chirmalarga muvofiq hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud to’lov- kontrakt mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi. “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorida “a”, “b” va “v” qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan daromadlarning yig’indisi ko’rsatiladi. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami” qatorida «Kassa xarajatlari – jami” ustunida aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko’rsatiladi. “4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i” qatorida “1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yigindisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari –jami” qatori bo’yicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko’rsatiladi. “Xarajatlar yoyilmasi”da to’lov-kontrakt mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha aks ettiriladi. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling