Budjet nazorati
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlash nazoratining asoslari
Takrorlash
va munozara uchun savollar 1. Moliya organlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslarini aytib bering? 2. Moliya organlarida qo’llaniladigan birlamchi xujjatlari nimalardan iborat? 3. Moliya organlarida qo’llaniladigan hisob registrlari haqida nimalarni bilasiz? 4. Moliya organlarida qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifini tushuntirib bering? 5. Moliya organida buxgalteriya hisobini tashkil etish ma’suliyati kimga yuklatilgan? 6. Moliya organi bosh buxgalteri majburiyatlarini aytib bering? 7. Bosh buxgalterning xuquqlarini aytib bering? 8. Bosh buxgalterning javobgaligi nimalardan iborat? 13-mavzu: Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlashning nazorati Reja: 1. Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlash nazoratining asoslari 2. Davlat moliyaviy nazorati printsiplari, shakllari, turlari va usullari 3. G’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati 4. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati 1. Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlash nazoratining asoslari Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati: respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling