Budjet nazorati


O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan 
davlat moliyaviy nazorati. 
 
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi quyidagilarni amalga oshiradi: 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarini 
shakllantirish jarayonlarini, ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga 
rioya etilishini tizimli o’rganish; 
byudjet tizimi byudjetlarining daromadlarini shakllantirish va mablag’lari 
sarflanishini umumiy, moddalar bo’yicha, tarmoqlar hamda hududlar kesimida 
nazorat qilish va tekshirish;
davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishining to’liqligi va samaradorligini 
baholash;


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag’larining 
qonuniy shakllantirilganligini, maqsadli hamda samarali sarflanganligini nazorat 
qilish va tekshirish;
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari o’rtasida 
maqbul nisbatga erishishga doir takliflarni tahlil qilish hamda baholash;
davlat 
aktivlari 
shakllantirilishini, 
ulardan 
samarali 
va 
maqsadli 
foydalanilishini tekshirish;
daromad keltiruvchi tarmoqlar korxonalari faoliyatini byudjet tizimi 
byudjetlariga qo’shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo’naltirilgan tarzda 
tahlil va nazorat qilish;
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun 
xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamg’armasi, 
Qishloqlarni qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlashni davlat tomonidan 
rag’batlantirish jamg’armasi va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa 
jamg’armalarning mablag’lari tushumi va daromadlarining shakllantirilishi, 
ularning mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan tahlil va 
nazorat qilish;
valyuta, eksport va import operatsiyalari o’tkazishning qonuniyligini, 
shuningdek byudjet tizimi byudjetlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va 
importidan majburiy to’lovlar bo’yicha mablag’lar tushumini nazorat qilish;
mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining o’rni qayta to’ldirilishi va ular bilan 
amalga oshiriladigan operatsiyalar ustidan nazorat qilish;
ichki va tashqi aktivlarni boshqarish bo’yicha hisobotlar va balans hisob-
kitoblarini tahlil qilish, mablag’lar va oltin-valyuta zaxiralarini chet el banklariga 
va boshqa banklarga joylashtirish hamda qayta joylashtirishning asosli va samarali 
ekanligini nazorat qilish; 


davlat qarzini boshqarish samaradorligini tahlil qilish, unga o’z vaqtida 
xizmat ko’rsatilishi ustidan nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi nomidan yoki 
uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari mablag’laridan samarali 
foydalanish masalalari bo’yicha predmetli tekshiruvlar tashkil etish; 
davlat mulki realizatsiya qilinishi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish va ular 
bo’yicha nazoratni ta’minlash;
byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi 
ustidan nazorat qilishga doir vazifalar moliya organlari, shu jumladan g’aznachilik 
bo’linmalari tomonidan bajarilishi samaradorligini tahlil qilish;
davlat mulki ulushi bo’lgan korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini 
dividendlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi yuzasidan tekshirish. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling