Budjet nazorati


Boshqa budjetdan tashqari mablag’larning nazorati


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Boshqa budjetdan tashqari mablag’larning nazorati. Boshqa budjetdan 
tashqari mablag’lar qatoriga tashkilotlarning eskirgan va keraksiz moddiy 
qiymatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jamg’armalar va peniyalardan 
hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo’yicha mablag’lar kiradi. 
Bunda, eskirgan va keraksiz moddiy qiymatliklarni aniqlashga qay tarzda 
yondashilganligi aniqlanadi. Maxsus tashkil qilingan komissiyalarning ish sifati, 
tuzilgan dalolatnomalarning asoslanganligi, maxsus tashkilotlarning xulosalarining 
mavjudligi alohida o’rganiladi. Bunday mablag’larning harakati 113 “Boshqa 
budjetdan tashqari mablag’lar” subschyotining aylanmalarini tekshirish orqali 
amalga oshiriladi. 
Moliya organlari, budjet tashkilotlari rahbarlari budjet intizomiga rioya 
qilinishi uchun mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan 
tartibda shaxsan javob beradilar. Bunda budjet tashkilotlarining qo’shimcha 
daromadlar olish bo’yicha faoliyati budjet mablag’lari hisobiga bajarilayotgan 
ishlar, ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatiga zarar etkazmasligi kerak. 
Takrorlash va munozara uchun savollar. 
1. Moliyaviy aktivlar nazoratining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
2. Moliyaviy aktivlar nazoratining zarurligini izohlang. 
3. Moliyaviy aktivlar nazoratining manbalarini aytib bering. 
4. Moliyaviy aktivlar hisobini tekshirish usullarini tushuntirib bering. 
5. Kassa va kassa muomalalari nazoratini tashkil etish va o’tkazish tartibini izohlang. 
6. Kassa va kassa muomalalari nazoratini tashkil etish va o’tkazishningo’ziga xos 
xususiyatlari nimalardan iborat? 
7. Moliyaviy aktivlarning analitik va sintetik hisobini tekshirish qanday amalga oshiriladi? 


8. Shaxsiy hisob varaqlar bo’yicha muomalalar nazoratini o’tkazish ketma-ketligini 
tushuntirib bering. 
9. Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag’lar hisobining nazorati qanday amalga 
oshiriladi? 



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling