Budjet nazorati


 Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoratining xususiyatlari


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
2. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoratining xususiyatlari 
Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini tekshirishda quyidagi 
shartlarga to’liq amal qilinganligiga e’tibor qaratiladi: 

hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, asosiy 
vositalar, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar 
natijalarining to’liq aks ettirilishi; 



analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik 
hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi, 
shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob 
ma’lumotlariga mosligi; 

moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish. 
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy 
hisobotlar noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi. 
Tashkilotlar jamlanma moliyaviy hisobotlarni o’zlari ko’rib chiqqan 
tasarrufidagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o’zining 
xarajatlar smetasi bo’yicha moliyaviy hisobotlari asosida tuzilgan bo’lishi kerak. 
Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n 
xonali sonda ming so’m hisobida tuzilishi lozim. 
Moliyaviy hisobotlarni tekshirishda ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan 
chiqqan (manfiy qoldiqqa ega bo’lgan), ya’ni ushbu ko’rsatkichlar “minus” 
belgi bilan aks ettirilgan holatlarning sabablari tahlil qilinishi kerak. Faqat 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda manfiy qoldiqqa ega 
bo’lish mumkmn. 
Moliyaviy hisobotni tuzishda ayrim hatoliklarga yo’l qo’yilmoqda. Eng ko’p 
tarqalgan hatolardan biri bu yillik buxgalteriya hisobotini tuzish oldidan aktivlar 
va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o’tkazishdir. Unga ko’p tashkilotlarda 
jiddiy 
e’tibor 
bermaydilar. Inventarizatsiya o’tkazish talablari №19 
“Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli BHMSda qayd etilgan. Bu 
talablar asosiy vositalar, materiallar, pul mablag’larining saqlanishini va hisob-
kitoblarning aniqligini ta’minlab beradi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini 
muddatining o’tib ketganligini ham inventarizatsiya natijalariga ko’ra aniqlanadi. 
Buning uchun korxonalar o’rtasida qoldiqlar ko’rsatilgan holda solishtiruv 
dalolatnomalarini tuzish va muddati o’tgan qarzlarni belgilangan tartibda hisobdan 
chiqarish kerak. Umidsiz debitorlik va kreditorlik qarzlarining ro’yxati tuzilib, uni 
inventarizatsiya komissiyasiga beriladi. Komissiya tomonidan xulosa tuzilib
korxona rahbariga taqdim etilgach hisobdan chiqarishga buyruq chiqarilishi 
mumkin.
Inventarizatsiya jarayonida sanoqdan o’tkazilayotgan tovar-moddiy 
zaxiralari va asosiy vositalarning saqlanish holatlari, ishlab chiqarilgan muddatlari 
va zavod tomonidan berilgan raqamlariga e’tibor qaratish zarur. Bundan tashqari 
TMZning sanoqli zaxirasiga ega bo’lgan korxonalarda ularning buzilishi, 
qiymatining tushishi va ma’naviy eskirishi holatlari ham inventarizatsiya natijasida 
aniqlanadi. Bunday TMZlarni hisobdan chiqarish uchun ham yuqorida qayd etilgan 
kabi inventarizatsiya komissiyasi ma’lumotlari asosida hisobdan chiqarishning 
aniq sabablari keltirilgan dalolatnoma tuziladi. Yaroqli TMZlar esa sotishning sof 
qiymatiga qadar arzonlashtirilishi kerak. 


Tekshirish jarayonida qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari balans 
moddalari inventarizatsiyadan o’tkazgan bo’lishlari shart. Balans moddalari 
inventarizatsiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va 
qat’iy hisobda turuvchi blankalari va boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan aniqlash, shuningdek 
moddiy boyliklar va pul mablag’larining saqlanishini nazorat qilish;

qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq belgilangan normativdan yuqori 
bo’lgan va foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni aniqlash;

moddiy boyliklar hamda pul mablag’larini saqlash qoidalari va shartlariga 
rioya qilish;

balansda hisobga olingan moddiy boyliklar, kassalardagi, banklarning 
depozit hisob raqamlaridagi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalaridagi (keyingi o’rinlarda 
G’aznachilik bo’linmalari deb yuritiladi) shaxsiy hisobvaraqlardagi pul 
mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalari qiymatining 
haqiqiyligini tekshirish. 
Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarning to’g’ri tuzilganligini 
tekshirishda quyidagi hisobot shakllari alohida o’rganiladi: 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling