Budjet nazorati
-Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
8-Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot. Mazkur hisobot
tashkilotning joriy yilning yakunlari bo’yicha moliyaviy faoliyatining natijasi, ya’ni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar bilan solishtirish natijasi bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. Hisobot “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va daromadlar (tushumlar) va xarajatlar hisobi yuritiladigan boshqa hisob registrlari ma’lumotlari asosida to’ldiriladi. “1. Daromadlar (tushumlar)” bo’limi bo’yicha: “1.1. Budjetdan moliyalashtirish” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308- shakl)dagi 232-“Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “1.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 242 – “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag’lari” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “1.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag’lar bo’yicha daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308- shakl)-dagi 252- “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “a) to’lov-kontrakt mablag’lari”, “b) depozitga qo’yil-gan mablag’lar bo’yicha daromadlar” va “v) boshqa tushumlar” qatorlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi; “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 262-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “Tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan”, “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan” va “Homiylik yordamlaridan” qatorlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi; “1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish jamg’armasi daromadlari” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)-dagi 262 – “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar» subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “Pulli davolash va xizmatlar ko’rsatishdan”, “Homiy va donor tashkilotlardan” va “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan” qatorlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi; “1.6. Boshqa daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 272 – “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” va 273 – “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotlarining ma’lumot-lari aks ettiriladi; “1.7. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” qatorida joriy yilda ta’lim muassasalaridagi to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha hamda budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari bo’yicha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar aks ettiriladi. “Daromadlar (tushumlar) jami” qatorida barcha daromadlar (tushumlar)ning yig’indisi aks ettiriladi. “2. Xarajatlar” bo’limi bo’yicha: “2.1. Budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 231 – “Budjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 241 – “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob- kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 251 – “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov- kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308- shakl)dagi 261 – “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida tibbiyot muassasalari tomonidan “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)da-gi 261 – “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.6. Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 271 – “Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “Xarajatlar jami” qatorida ko’rsatilgan barcha daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarning yig’indisi aks ettiriladi. “3. Moliyaviy natija” bo’limi bo’yicha: “Joriy yilga moliyaviy natija” qatorida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijasi, ya’ni, jami daromad (tushum) (080-qator)dan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar jami (150-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi. “a) budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.1. Budjetdan moliyalashtirish” (010-qator)dan “2.1. Budjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar” (090-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “b) to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob- kitoblar bo’yicha mablag’lar” (020-qator)dan “2.2. To’lovlarning max-sus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshi-rilgan haqiqiy xarajatlar” (100-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “v) ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija2 qatorida “1.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag’lar bo’yicha daromadlar” (030- qator)dan “2.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (110- qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” qatorida “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari” (040-qator)dan “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (120- qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “d) tibbiyot muassasalarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish jamg’armasi daromadlari” (050-qator)dan “2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragbat- lantirish va rivojlantirish jamg’armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (130-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “e) boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.6. Boshqa daromadlar” (060-qator)dan “2.6. Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar” (140-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “j) budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” qatorida “1.7. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” (070-qator) ma’lumotlari aks ettiriladi. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans bilan birga taqdim qilinadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling