Budjet nazorati


-Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobot


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

9-Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobot. Nomoliyaviy 
aktivlar harakati to’g’risida hisobot tashkilotning hisobot yili mobaynidagi 


nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy 
zaxiralari)ning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. 

mazkur 
hisobot 
shaklini 
tuzishdan 
oldin 
tashkilotlar: 
hisobot yili boshiga mavjud asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy 
zaxiralar qoldig’ining to’g’riligini (asoslanganligini); 

yil mobaynida tashkilotga kirim bo’lgan va tashkilotdan chiqim bo’lgan 
barcha nomoliyaviy aktivlarni budjet va budjetdan tashqari mablag’lar hisobi 
bo’yicha alohida holda hisob registrlarida budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi 
to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr) bilan 
tasdiqlangan 326-son shakldagi asosiy vositalar bo’yicha aylanma qaydnomada
296-son shakldagi material qimmatliklarning mikdor-qiymat hisobi daftari 
(kartochkasi)da, “Bosh-jurnal kitobi”da (308-shakl) va boshqa tegishli registrlarda) 
to’g’ri aks ettirilganligini, kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi 
hujjatlarning mavjudligini va to’liqligini tekshirib chiqadilar. 
Ushbu hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar to’g’risida 
ma’lumotlar “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) va boshqa asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida 
to’ldiriladi. Hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning (budjet yoki 
budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan olinganligi ko’rsatilgan holda) yil 
boshiga mavjud qoldig’i, hisobot yili mobaynida kirim bo’lgan asosiy vositalar 
va nomoddiy aktivlarning qiy-mati va chiqim bo’lgan (hisobdan 
chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek hisobot davri oxiriga tashkilotlar 
balansida qolgan asosiy vositalar va nomoliyaviy aktivlarning qiymati 
ko’rsatiladi. 
Asosiy vositalarni har yilgi qayta baholash hisobiga dastlabki qiymatining 
o’zgarishi (oshishi yoki kamayishi) hisobot shaklining alohida “Qayta baholash 
natijasida” qatorida aks ettiriladi. 
Tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha hisobot davri boshiga va oxiriga qoldig’i, 
shuningdek tashkilot ehtiyojlari uchun tovar-moddiy zaxiralarning budjet va 
budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan sarflangan summasi alohida holda 
ko’rsatiladi. 
Shuningdek, tashkilotga hisobot yili mobaynida kirim bo’lgan tovar-
moddiy zaxiralar, jumladan bepul olinganlari, sotib olinganlari, ortiqcha 
materiallarning kirim qilinganlari hamda yil mobaynida chiqim qilin-gan 
material zaxiralar, jumladan bepul berilganlari, sotilganlari, ka-momadlar va 
boshqa sabablar tufayli chiqim qilinganlarining qiymati ko’rsatiladi. Ushbu 
hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans 
bilan birga taqdim qilinadi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling