Budjet nazorati
-Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
7-Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot.
Mazkur hisobot quyidagi budjetdan tashqari mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun mo’ljallangan: - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari; - o’tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi; - maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar; - maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar (musiqa va san’at maktablari); - xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisob- kitoblardan tushadigan tushumlar; - maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar; - ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalari; - umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to’lovidan tushgan budjetdan tashqari mablag’lar; - kapital qo’yilma mablag’lari bo’yicha depozitlar; - turg’un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to’lovlar; - boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi; - budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablag’lari; - grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish vositalari; - kreditlar. Hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar quyidagilarni tekshiradilar: - hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur budjetdan tashqari mablag’larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning to’liqligini; - hisob raqamlardan olingan ko’chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini. “Yil boshiga mablag’ qoldig’I” ustuni bo’yicha tashkilotlar hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha hisobot yilining birinchi sanasiga bo’lgan mavjud qoldiq mablag’larni aks ettiradilar. “Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) – jami” ustunida hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag’larning turlari bo’yicha alohida holda hisobot davrida tashkilotning hisobvaraqlariga kelib tushgan tushumlar aks ettiriladi. “Xarajatlar yoyilmasi” bo’limi bo’yicha mazkur budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va xarajatlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari bo’yicha har bir budjetdan tashqari mablag’larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiradilar. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling