Budjet nazorati


Byudjet so’rovini, ro’yxatdan o’tkazish uchun xarajatlar smetalarini va


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Byudjet so’rovini, ro’yxatdan o’tkazish uchun xarajatlar smetalarini va 
shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini 
buzish. 
Moliya organlariga byudjet so’rovini, ro’yxatdan o’tkazish uchun xarajatlar 
smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni belgilangan 
muddatlarda taqdim etmaslik byudjet so’rovini, ro’yxatdan o’tkazish uchun 
xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim 
etish tartibini buzishdir.
O’zbekiston Respublikasiga beg’araz yordam doirasida kelib tushgan 
tovarlardan foydalanish tartibini buzish. 
O’zbekiston Respublikasiga beg’araz yordam doirasida kelib tushgan 
tovarlarni sotish, ijaraga berish yoki boshqa tijorat maqsadlariga yo’naltirish 
ulardan foydalanish tartibini buzishdir. 
3. Nazorat natijalarini umumlashtirish va rasmiyshlatirishda nazorat 
organining majburiyatlari, xuquqlari hamda javobgarligi 
Byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. 
Byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan 
tartibda javobgar bo’ladi. 
Moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslarining huquq va 
majburiyatlari. 
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari: 
davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi 
va davomiyligini bilishga; 
davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan 
mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy 
nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani, 
shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga; 


davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asosga ega bo’lmagan shaxslarni 
davlat moliyaviy nazoratiga qo’ymaslikka; 
davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir. 
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari: 
davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy 
nazoratini o’tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi
davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining qonuniy 
talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor 
shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi; 
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat 
organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur 
bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi hamda ularning ishonchliligi, 
xolisligi va to’liqligi uchun shaxsan javobgar bo’lishi; 
byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda foydalanilgan 
mablag’larning o’rni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
etkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlashi 
shart. 
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi va ularning zimmasida boshqa 
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling