Budjet nazorati
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan
davlat moliyaviy nazorati. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi quyidagilarni amalga oshiradi: makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarini shakllantirish jarayonlarini, ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga rioya etilishini tizimli o’rganish; byudjet tizimi byudjetlarining daromadlarini shakllantirish va mablag’lari sarflanishini umumiy, moddalar bo’yicha, tarmoqlar hamda hududlar kesimida nazorat qilish va tekshirish; davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishining to’liqligi va samaradorligini baholash; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag’larining qonuniy shakllantirilganligini, maqsadli hamda samarali sarflanganligini nazorat qilish va tekshirish; O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari o’rtasida maqbul nisbatga erishishga doir takliflarni tahlil qilish hamda baholash; davlat aktivlari shakllantirilishini, ulardan samarali va maqsadli foydalanilishini tekshirish; daromad keltiruvchi tarmoqlar korxonalari faoliyatini byudjet tizimi byudjetlariga qo’shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo’naltirilgan tarzda tahlil va nazorat qilish; O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamg’armasi, Qishloqlarni qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlashni davlat tomonidan rag’batlantirish jamg’armasi va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg’armalarning mablag’lari tushumi va daromadlarining shakllantirilishi, ularning mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan tahlil va nazorat qilish; valyuta, eksport va import operatsiyalari o’tkazishning qonuniyligini, shuningdek byudjet tizimi byudjetlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importidan majburiy to’lovlar bo’yicha mablag’lar tushumini nazorat qilish; mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining o’rni qayta to’ldirilishi va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar ustidan nazorat qilish; ichki va tashqi aktivlarni boshqarish bo’yicha hisobotlar va balans hisob- kitoblarini tahlil qilish, mablag’lar va oltin-valyuta zaxiralarini chet el banklariga va boshqa banklarga joylashtirish hamda qayta joylashtirishning asosli va samarali ekanligini nazorat qilish; davlat qarzini boshqarish samaradorligini tahlil qilish, unga o’z vaqtida xizmat ko’rsatilishi ustidan nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari mablag’laridan samarali foydalanish masalalari bo’yicha predmetli tekshiruvlar tashkil etish; davlat mulki realizatsiya qilinishi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish va ular bo’yicha nazoratni ta’minlash; byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalar moliya organlari, shu jumladan g’aznachilik bo’linmalari tomonidan bajarilishi samaradorligini tahlil qilish; davlat mulki ulushi bo’lgan korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini dividendlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi yuzasidan tekshirish. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling