Budjet nazorati
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash va munozara uchun savollar.
Axborotnoma. Ko’p hollarda xizmat axborotlari tuziladi. Ular
informatsion, tashabbus asosida va hisobot shaklida bo’lishi mumkin. Informatsion xizmat axborotnomalarida asosan taftish rejasiga amal qilinishi, uni o’tkazish muddatlari chegaralariga rioya qilinishi va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Tashabbus asosidagi axborotnomalarni tuzishdan maqsad boshqaruv tizimini ma’lum chora tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat. Bunday ma’lumotnomalarda ko’rilishi kerak bo’lgan aniq chora tadbirlar ko’rsatiladi va ularni echish yo’llari belgilanadi. Hisobot shaklidagi axborotnomalar belgilangan va taklif etilgan vazifalarni bajarilganligi xaqidagi ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Takrorlash va munozara uchun savollar. 1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoratining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 2. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoratini tashkil qilishning zarurligini tushuntiring. 3. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoratini manbalari qaysilar? 4. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoratining xususiyatlari. 5. Budjet tashkilotlarida balans (1-shakl)ni tuzish va taqdim qilishni tekshirish tartibini tushuntiring. 6. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)ni tekshirish tartibi deganda nimani tushunasiz? 7. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumotni tekshirishning xususiyatlari. 8. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobotni tuzish va taqdim qilishni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 9. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobotni tuzish va taqdim qilishni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 10. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakatito’g’risida hisobotni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 11. Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobotni tekshirish deganda nimani tushunasiz? 12. Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobotni tekshirishning xususiyatlari. 13. Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risidagi hisobotni tekshrish ketma-ketligi. 14. Budjet tashkilotlarida tekshiruv natijalarini umumlashtirish hamda rasmiylashtirish deganda nimani tushunasiz? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling