Budjet nazorati
-Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
4-Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul
mablag’lari harakati to’g’risida hisobot. Mazkur hisobot tashkilotlar tomonidan hisobot davri mobaynida faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlarni, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik (beg’araz) yordamlar hisobidan tushgan tushumlarni, shuningdek tejab qolingan va rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan budjet mablag’lari harakatini aks ettirish uchun tuziladi. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar: - hisobot choragi mobaynidagi faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishga, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishga, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik (beg’araz) yordamlarga, shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablag’lariga doir dastlabki hujjatlarni to’liqligini; - (shaxsiy) hisobvaraqlardan olingan ko’chirmalarni va tegishli hisob registrlari ma’lumotlarini to’g’riligini tekshirib chiqadilar. “1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatoriga tegishli hisobvaraqlardan ko’chirmalarga muvofiq Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha hisobot yilining birinchi yanvar sanasiga mavjud pul mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi. Bunda, g’aznachilik bo’linmalarining tegishli tranzit hisobvaraqlaridagi tashkilotga tegishli bo’lgan qoldiq mab-lag’lar ham hisobga olinishi lozim. “2. Hisobot davrida tushgan daromadlar – jami” qatorida “a”, “b”, “v” va “g” qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan barcha daromadlar (tushumlar)ning yig’indisi ko’rsatiladi. “a) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan” qatorida faoliyat turi bo’yicha mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan jami tushumlar (pul mablag’lari) ko’rsatiladi. “b) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan” qatorida vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlar (pul mablag’lari) ko’rsatiladi. “v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatiladigan homiylik (beg’araz) yordami hisobidan” qatorida budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi hisobvarag’iga homiy tashkilotlardan hamda jismoniy shaxslardan tushgan homiylik yordamlari ko’rsatiladi. “g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablag’lari hisobidan” qatorida tejab qolingan va belgilangan tartibda budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan budjet mablag’lari ko’rsatiladi. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami” qatorida “Kassa xarajatlari – jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko’rsatiladi. “4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i” qatorida “1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yigindisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari –jami” qatori bo’yicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko’rsatiladi. “Xarajatlar yoyilmasi”da Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha aks ettiriladi. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling