“Budjet savodxonligi”


Download 14.88 Kb.
Sana31.12.2022
Hajmi14.88 Kb.
#1073679
Bog'liq
Документ Microsoft Word


2022 yil 29 noyabr – 1 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Budjet savodxonligi” ilmiy-amaliy o’quv semenari tashkil etildi. Ushbu o’quv dasturida Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti HBA-20/22 va HBA-21/22 guruhi talabalari ham ishtirok etishdi.
O’quv semenarida O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri maslahatchisi Buriyev Dilshod Kubayevich , O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti bosh iqtisodchisi Bakaybayeva Aynura Seylbekovna , O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati departamenti bosh mutaxassisi Aminboyev Jaloliddin Otabek o’g’li ishtirokchi talabalarga bugungi kundagi Budjet islohatlari hamda soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha tushunchalar berishdi.
Dasturning amaliy mashg’ulot qismida yuqori ballarni qo’lga kiritganliklari uchun Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabalari ilmiy salohiyati bo’yicha boshqa ishtirokchi oliy o’quv yurtlari talabalaridan yuqori ekanliklari tashkilotchilar tomonidan e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ” “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Toshkent moliya institutida “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining talabalalari o‘rtasidagi musobaqa start berildi. 2022 yil 29 noyabrda tashkil etilgan saralash o’yinlarida iqtidorli talabalardan tashkil topgan 8 ta jamoa o’zaro bellashishdi.


“Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun universitetda doimiy ravishda turner o‘yinlari tashkil etiladi.


"Zakovat" intellektual o'yinlari barcha yoshlar uchun qiziqarli va aqlni charxlash uchun xizmat qiladigan ajoyib o'yinlardan biridir. Umuman olganda zakovat so'zining tub ma'nosi ham shundan dalolat beradi.
ZAKOVAT – sezgirlik, aqllilik, farosat, zakiylik degan ma'nolarga ega bo'lib, bu o'yinning bunday nomlanshi ham uning tub ma'nosiga borib taqaladi. "Zakovat" intellektual o'yinlari O'zbekistonda 2001-yildan beri davom etmoqda. Uning asoschisi va boshlovchisi — A.Abdullayev xisoblanadi. Ushbu o'yin rus telekoʻrsatuvi "Nima? Qayerda? Qachon?"oʻyiniga asoslangan xolda O'zbekistonga kirib kelgan. Zamon talab va extiyojlarga ko'ra biz uni o'zimizga moslashtirib, ommlashtirdik va endilikda o'z ta'lim muassasalarimizda bundan unumli foydalangan xolda talabalarning aqillarini charxlashlari uchun unumli foydalanib kelmoqdamiz.
Download 14.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling