Budjet tаshkilotlаri jаmgʼаrmаlаri hisobi” fаnining predmeti vа metodi


Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobini tashkil etishning axborot tizimlari va ulardan foydalanish


Download 0.7 Mb.
bet10/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1158889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Мавзу матн

Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobini tashkil etishning axborot tizimlari va ulardan foydalanish.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yurituvchi ―UzASBO‖ dasturiy majmuasi 2011 yilda foydalanishga topshirilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan ―Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma‖ talablariga to’liq javob beruvchi va respublikamizda Web- texnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan ilk dasturiy majmualardan biridir. Dasturdan foydalanish bepul bo’lib, hozirda undan barcha byudjet tashkilotlari foydalanib kelmoqda. Bugungi kunda byudjet tashkilotlari byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan ko’chirmalarni elektron ko’rinishda mazkur dasturiy majmuadan olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, dasturiy majmua orqali byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha to’lov topshiriqnomalar g’aznachilik organlariga va moliyaviy hisobotlarini yuqori turuvchi tashkilotlarga hamda moliya organlariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda to’liq elektron ko’rinishda taqdim etmoqda.


“UzASBO” DMning foydalanishdagi afzalliklari:


O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, turli vazirliklar, shu jumladan Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan byudjet ijrosiga doir buxgalteriya hisobini yuritilishi va hisobotlarini tayyorlashga oid metodik ko’rsatmalar hamda yo’riqnomalarga kiritiladigan o’zgartirish va qo’shimchalar dasturga markazlashgan holda kiritib boriladi.
Dastur Web texnologiyaga asoslangan bo’lib, (respublika va mahalliy byudjet daromadlari va byudjetdan mablag’ bilan ta‘minlanadigan tashkilotlarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari haqidagi ma‘lumot va hisobotlar) Axborot-hisoblash markazida markazlashgan holda saqlanadi.
Dasturdan foydalanish uchun Internet tarmog’i orqali bog’lanib byudjet ijrosiga doir amallarni bajarish imkoniyati yaratilgan.
―UzASBO‖ DM ―Hujjat MF‖ dasturlar majmuasi va g’aznachilik dasturlar majmuasi bilan ma‘lumotlar almashinish imkoniyatiga ega.
Barcha foydalanuvchilar dasturning oxirgi bosqichi (versiyasi)dan foydalanishadi.
Byudjet ijrosi haqidagi barcha ma‘lumotlar maxsus serverlar (markazlashgan elektron-hisoblash qurilma markazi)da saqlanib, har kunlik ma‘lumotlar kun oxirida arxivga saqlash uchun olib turiladi.
Foydalanuvchining kompyuteri nosoz holga kelganida ma‘lumotlar yo’qolmaydi va foydalanuvchi boshqa kompyuterdan dasturda ishlashni davom ettirish imkoniyatiga ega.
Dastur Internet brauzeri orqali amalga oshirilib, foydalanuvchi kompyuteridan ortiqcha joy egallamaydi.
Byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobining to’liq siklini o’z ichiga olgan buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha operatsiyalar avtomatlashadi.
―UzASBO‖ DM ―Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha Yo’riqnoma― va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga to’liq muvofiqlikni ta‘minlaydi.
Moliya vazirligining ma‘lumotlar markazida byudjet tashkilotlari ma‘lumotlarining markazlashtirilgan tarzda saqlanishi va yuqori ishonchliligini ta‘minlaydi.
DMBAT va boshqa mavjud kompyuter dasturlari bilan integratsiyalashuv uchun keng imkoniyatlar beradi.
Byudjet tashkilotlari Moliya vazirligi va moliyaviy organlar bilan o’zaro ta‘sirlashuv asosida mablag’larini jiddiy tejaydi.
Byudjet tashlilotlari hodimlariga dasturdan foydalanish huquqini beradi, ular Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazidan olingan ―UzASBO‖ DMga kirish uchun login va parollarga muvofiq Moliya vazirligining dasturiy maydonchasidan foydalanishlari mumkin.
―UzASBO‖ DM davlat byudjetlaridagi byudjet mablag’lari oluvchilarning, shu jumladan respublikaning barcha mintaqalarida joylashgan byudjet tashkilotlarining moliyaviy-hisob bo’limi xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobi yuritilishini avtomatlashtirish jarayoni uchun mo’ljallangan bo’lib, byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobini majmuaviy avtomatlashtirishni ta‘minlaydi.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ular byudjet qonunchiligi, Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma, shuningdek, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ularning tarmoq spetsifikasi bilan belgilanadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling