Budjet tаshkilotlаri jаmgʼаrmаlаri hisobi” fаnining predmeti vа metodi


Download 0.7 Mb.
bet6/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1158889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Мавзу матн

2). Nazorat funksiyasi orqali byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat byudjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi.
Joriy nazorat byudjetdan tashqari jamg’armalarning byudjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma‘lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.
Keyingi nazorat umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
3). Tahlil funksiyasi byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larining tushumi, sarflanishi va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. Byudjet tashkilotlarini boshqarish jarayonida byudjetdan tashqari jamg’arma mablag’laridan samarali foydalanish,
faoliyat turiga xos ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi hamda shunga o’xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko’rsatkichlar, reja, normativ, smeta ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda byudjet tashkilotining moliya-xo’jalik faoliyatini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.
5). Uzviy aloqa funksiyasi alohida ahamiyatga ega bo’lib, busiz boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosini yo’qotadi. Hozirgi vaqta barcha byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ―UzASBO‖ dasturida yuritilayotganligi tufayli boshqaruv xodimlarini korxona va undagi bo’linmalarning ma’lum davr ichidagi faoliyati to’g’risida, byudjetdan tashqari mablag’lari, ularning vujudga kelish manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspeksiyasi, moliya organlari, g’aznachilik va boshqa hamkorlar bilan o’zaro munosabatlar to’g’risida, moliyaviy natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamg’arilishi to’g’risida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Ko’rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda reja ko’rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o’rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi.


    1. Download 0.7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling