Budjet tаshkilotlаri jаmgʼаrmаlаri hisobi” fаnining predmeti vа metodi


Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamgʼarmalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari


Download 0.7 Mb.
bet5/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1158889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Мавзу матн

Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamgʼarmalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari.

Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi)ni byudjetdan tashqari jamg’armalarning daromadlari va xarajatlari smetalari ijrosi jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlar bilan ta‘minlab berishdan iborat.


Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobi axborotidan foydalanuvchilar (1.3.1-rasm).





1.3.1-rasm. Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobi axborotidan foydalanuvchilar

Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobining


vazifalari quyidagilardan iborat:
- byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini amaldagi tegishli me‘yoriy- huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish;
- byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larining maqsadli sarflanishini ta‘minlash
- byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
- byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larining holati va harakati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma‘lumotlarni shakllantirish;
- byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larining ijrosiga oid hisob ma‘lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzish;
- byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar.
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobi funksiyalari quyidagilar:
1). Axborot funksiyasi orqali moliyaviy hisobotlar asosida byudjet ijrosi jarayonida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari va xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma‘lumotlar shakllanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning hozirgi bosqichida o’z vaqtida olinadigan haqqoniy iqtisodiy axborotlarning roli va ahamiyati kuchaymoqda. Hisob-kitoblarning ko’rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining 70-75% idan oshig’i buxgalteriya axborotlari ulushiga to’g’ri keladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling