1-MAVZU
BUDJET TАSHKILOTLАRI JАMGʼАRMАLАRI HISOBI” FАNINING PREDMETI VА METODI
Ergasheva Sh. Professor.
Ma’lumot uchun: barcha ma’ruza tezislarida, taqdimotlarda “Byudjet tаshkilotlаri jаmg’аrmаlаri hisobi” (muallif S.M.Buzrukxonov) o’quv qo’llanmasi materiallari ishlatilgan, ularning ushbu kitioblari o’quv kursining asosiy darsligi, ammo boshqa manbalardan ham foydalaniladi.
“
“Byudjet tashkilotlari jamgʼarmalari hisobi” fanining predmeti
va obyektlari.
Budjet tashkilotlari jamg’armalari hisobi bu byudjet tashkilotlarida barcha byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo’li bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
Ma‘lumki, har bir fan muayyan sohani o’rganar ekan, albatta uning o’z predmeti, ya‘ni o’rganiladigan ob‘ektlariga va metodi, ya‘ni shu predmetni o’rganishning ilmiy asoslangan usullariga ega bo’lishi lozim.
Shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari hisobi fanining ham boshqa iqtisodiy fanlar kabi o’z predmeti va metodi bor.
Budjet tashkilotlari jamg’armalari hisobining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari va ularni tashkil topish manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Shundan kelib chiqib, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari hisobi predmetining mazmunini hisob obyektlarining iqtisodiy mohiyati orqali ochib beriladi.
Byudjet tashkilotlari jamg’armalari hisobining ob‟ektlari bo’lib, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari va xarajatlari, pul mablag’lari, aylanma kassa mablag’lari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (1.1.1-rasm).
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari – bu tashkilotning faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, balansida bo’sh turgan binolarni ijaraga berishdan, homiylikdan va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olgan pul mablag’laridir.
Budjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bo’yicha xarajatlari – tashkilotning qonun hujjatlariga muvofiq byudjetdan tashqari xarajatlar smetasi doirasida xarajatlar iqtisodiy tavsifi bo’yicha amalga
Do'stlaringiz bilan baham: |