Budjet tаshkilotlаri jаmgʼаrmаlаri hisobi” fаnining predmeti vа metodi


Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʼarmalari tarkibi va ularni shakllanish manbaalari


Download 0.7 Mb.
bet3/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1158889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Мавзу матн

Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʼarmalari tarkibi va ularni shakllanish manbaalari.

Budjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari –qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan byudjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag’lardir.


Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari tarkibi quyidagilar:
Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi;
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari;
byudjet tashkilotlarining undiriladigan to’lovlar hisobiga shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablag’lari.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta‘minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag’laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 1999 yilning 3 sentabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414–sonli ―Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida ‖ gi qarori qabul qilindi.
Ushbu Qarorda byudjet mablag’laridan tejab, samarali va aniq foydalanish, byudjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas‘uliyatini oshirish, byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash mexanizmini soddalashtirish va byudjet mablag’laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag’larni oqilona taqsimlash uchun hamda byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o’rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan edi.
Bundan tashqari ushbu Qarorga asosan byudjet tashkilotlariga byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish huquqi berildi va rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish manbalari aniq ko’rsatildi (1.2.1-rasm).


1.2.1-rasm. Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish manbalari

2014 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan ―Byudjet kodeksi‖ga asosan byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari tarkibi va ularning daromadlarini shakllantirish manbalari aniq ko’rsatib berildi. Bunda faqat byudjet tashkilotlariga byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish manbalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentabridagi 414 –sonli ―Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida ‖ gi qarorida ko’rsatilganidek saqlanib qoldi.


Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalarining tarkibiga kiruvchi: Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi; vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari
jamg’armalari; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’larini undiriladigan to’lovlar hisobidan shakllantirish manbalari haqida alohida to’xtalamiz.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling