Budjet tаshkilotlаri jаmgʼаrmаlаri hisobi” fаnining predmeti vа metodi


Byudjetdan tashqari jamgʼarmalar hisobini tashkil etishning alohida xususiyatlari


Download 0.7 Mb.
bet7/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1158889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Мавзу матн

Byudjetdan tashqari jamgʼarmalar hisobini tashkil etishning alohida xususiyatlari.

Byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini tashkil qilishning alohida xususiyatlari mavjud. Bular, avvalo byudjet tashkilotining mulkchilik asosiga, davlat byudjetini tuzish va ijro etish prinsiplariga hamda boshqa bir qator omillarga bevosita bog’liqdir.


Byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini tashkil qilishning alohida xususiyatlari quyidagilar (1.4.1-rasm).


1.4.1-rasm. Byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini tashkil etishning alohida xususiyatlari



Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi- byudjet tashkilotlarida har yili byudjetdan tashqari mablag’lar manbaalari (ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli mablag’lari, Byudjet tashkilotlari rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, tibbiyot muassasalari moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, byudjetdan tashqari boshqa maxsus mablag’lar) bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasi tuziladi. Shuning uchun byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritishda smetalar ijrosi nazorat qilinadi.
Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi- byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha daromadlar va xarajatlar ijrosi jarayonida kassa va haqiqiy xarajatlar hisobi yuritiladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilikdagi shaxsiy hisob varaqlardan xarajatlarni to’lab berilishi kassa xarajatlari ko’rinishi hisobida aks ettiriladi. Masalan, xodimlarning plastik kartochkalariga ish haqi, xizmat safari, dekret va kasallik varaqasi uchun pul o’tkazib berilganda kassa ko’rinishida tegishli daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetalari doirasida amalga oshirilgan, lekin to’lab berilmagan xarajatlar haqiqiy xarajat ko’rinishi hisobida aks ettiriladi. Masalan, smeta doirasida ish haqi, xizmat safari,
dekret va kasallik varaqasi uchun pul hisoblangan, lekin to’lab berilmagan xarajatlar haqiqiy xarajat ko’rinishida tegishli daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi.
Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun alohida 294- shakldagi daftar yuritiladi, shuningdek, hisobot shakllarida ham aks ettiriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling