Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi- Byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilgan byudjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146- son bilan ro’yxatga olingan ―O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma‖ asosida 1-guruh, 2-guruh, 3-guruh va 4- guruh xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettiriladi hamda ijrosi haqidagi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobotlari shakllarida ham byudjetdan tashqari jamg’armalari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo’yicha axborotlar shakllantiriladi.
Hisob va hisobotlarni me‟yoriy hujjatlarga qat‟iy amal qilingan holda yuritilishi- Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’lar hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish O’zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi Qonuni va boshqa bir qator qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Moliya vazirligining bir qancha me‘yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Shu bilan birga qonunchilikka muvofiq Byudjetdan tashqari daromadlar aniq manbaalari bo’yicha shakllantiriladi va sarflanishi yo’nalishlari belgilanadi. Masalan, byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va sarflash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli
―Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida‖gi qaroriga muvofiq, tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va sarflash yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-sonli ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida‖gi qaroriga C:\Users\User\Downloads\Telegram Desktop\941878 - 944971muvofiq belgilanadi.
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’lar hisobini yuritishda yuqorida keltirib o’tilgan qonun hujjatlarida belgilangan me‘yorlarga qat‘iy amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |