Budjet tаshkilotlаri jаmgʼаrmаlаri hisobi” fаnining predmeti vа metodi


Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamgʼarmalar hisobini tashkil etishning meʼyoriy –uslubiy asoslari


Download 0.7 Mb.
bet9/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1158889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Мавзу матн

Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamgʼarmalar hisobini tashkil etishning meʼyoriy –uslubiy asoslari.

Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasining qonuni va boshqa bir qator qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Moliya vazirligining bir qancha me‘yoriy –huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boriladi.


Bevosita byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobida axborotlar to’plashni tartibga solinishi va taqdim etilishi qonunchilik normalari asosida amalga oshiriladi.
Halqaro talablarga to’la mos ravishda qabul qilingan, byudjet ijrosi hisobida ham asosiy tayanch qonunchilik bazasi hisoblanuvchi O’zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi qonun (yangi tahriri)i byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini tashkil qilish borasida ham asosiy normalarni belgilab beradi. Jumladan, buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi va vazifalari, uning subyektlari va obyektlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobini tartibga solish borasidagi vakolatlari va boshqa bir qator asosiy qonunchilik talablari o’rnatilgan.
―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi qonun (yangi tahriri)ga muvofiq byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’arma‘lar hisobi quyidagi asosiy tamoyillar (printsiplar)ga asosan tashkil etiladi:
-uzluksizlik;
-ishonchililik;
-ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi.
Shuningdek, 2014 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan ―Byudjet kodeksi‖ ham byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’arma‘lar hisobini tashkil qilish, xarajatlar smetalarining ijrosini olib borish va uni nazorat qilish, hisobotlarni tuzish, taqdim qilish hamda boshqa bir qator asosiy qonunchilik normalarini belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan bir qancha qarorlar, jumladan, 1999 yil 3 sentabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida‖gi 414-sonli qaror byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini tashkil qilish jarayonini tartibga soluvchi me‘yoriy hujjatlarning bir bo’g’ini hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’arma‘lar hisobi
―Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan)ga muvofiq memorial order shaklida yuritilishi belgilangan.
Ushbu yo’riqnomada Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib borishlari mumkinligi, shuningdek, tashkilot bosh hisobchisining asosiy vazifalari, huquqlari va javobgarligi ko’rsatib berilgan.
O’zbekiston Respublikasi ―Byudjet kodeksi‖, ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi qonun (yangi tahriri) va boshqa tegishli qonun hujjatlari asosida byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’arma‘lar hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari shakllantirilgan.
Yuqorida keltirilgan me‘yoriy-huquqiy asoslarni hisob obyektlariga tegishliligi bo’yicha ham aks ettirish mumkin (1.5.1-rasm).





1.5.1-rasm. Me‘yoriy-uslubiy asoslarni hisob ob‘ektlariga tegishliligi bo’yicha tasnifi
Yuqoridagi keltirilgan manbalardan aytish mumkinki byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobini yuritish bo’yicha uslubiy asoslar talab darajasida shakllantirilgan. Tashkilotning buxgalteriya xizmati xodimlaridan qonunchilik me‘yorlariga qat‘iy amal qilgan holda hisobni tashkil etish talab etiladi.


    1. Download 0.7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling