Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarning kirimi va chiqimi
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarda (subschyotlarda) olib boriladi
Download 115.77 Kb.
|
Suvonqulov Dostonbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar hisobi uchun xizmat qiladigan barcha subschyotlar aktiv subschyotlardir.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarda (subschyotlarda) olib boriladi:
Asosiy vositalar hisobi uchun xizmat qiladigan barcha subschyotlar aktiv subschyotlardir.
Yangi asosiy vositalami sotib olish va ularning eskirganini qayta tiklash bilan bog'liq barcha xarajatlar budjetdan olingan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalarning boshlang'ich (qayta tiklash) qiymati, hisoblangan eskirish summasi va asosiy vositalarning qoldiq qiymati balansning uzoq muddatli aktivlar qismidagi tegishli moddalarda qayd qilinadi. Asosiy vositalaming qoldiq qiymati deganda asosiy vositalaming boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatidan yig'ilgan eskirish summasini chegirish natijasida hosil bo‘lgan qiymat tushuniladi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar qiymatiga teng miqdorda fond tashkil etiladi, bu fondni hisobga olish uchun ikkinchi tartibli passiv 250-«Asosiy vositalardagi fond» schyoti (subschyoti) qo‘llaniladi. «Asosiy vositalar» schyotlarida ko‘rsatilgan asosiy vositalaming summasi, asosiy vositalaming eskirishi summasini hisobga olgan holda, 250-«Asosiy vositalardagi fond» subschyotining summasiga hamma vaqt tengbo‘lishikerak. Asosiy vositalar budjet tashkilotiga (omborga) kelib tushganda moddiy javobgar shaxs mol yetkazib beruvchining hujjatida yoki qabul qilib olish dalolatnomasida ana shu qiymatliklami qabul qilib olgani haqida imzo chekishi kerak. Asosiy vositalar sotib olinganida ulami sotib olish qiymatlariga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari; Kredit 178-«Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. Bir vaqtning o‘zida quyidagi ikkinchi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo‘yicha xarajatlangan subschyot (Gaznachilikka o‘tish sharoitida: 214-«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan, budjet mablag'lari oluvchilamingxarajatlari» subschyoti); Kredit 250- «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti. Asosiy vositalami sotib olish bo‘yicha operatsiyalarni subschyotlarda bunday hisobga olish tartibi ulaming butligi va mavjudligi hamda hisobning to‘laligini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Asosiy vositalami tashib kelish, o‘matish va montaj qilish bilan bog'liq bo‘lgan xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Asosiy vositalar ombordan foydalanishga budjet tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan 434-shakldagi yukxati (nakladnoy, talabnoma) bo‘yicha beriladi. Bunda yukxati (nakladnoy, talabnoma) bir nusxada yoziladi. Qonunda belgilangan tartibda bepul olingan va bepul berilgan asosiy vositalar hamda ishdan chiqqan asosiy vositalar hisobda balans qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Budjet tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotning qaroriga muvofiq bepul berilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi: Bepul berilgan asosiy vositalaming boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatiga:
Bir vaqtning o‘zida bepul berilgan asosiy vositalaming eskirish summasi bo‘lsa, u holda bu eskirish summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Barcha asosiy vositalar budjet tashkilotining rahbari buyrug'i bilan tayinlangan lavozimli shaxslaming mas’ul javobgarligida bo‘lishi kerak. Asosiy vositalar hisobi inventar obyektlar doirasida ulami saqlash joylari va javobgar shaxslari bo‘yicha olib boriladi. Asosiy vositalami saqlash uchun javobgar bo‘lgan shaxslar asosiy vositalami omborda hisobga olish kitobini yuritadi. Mas’ul javobgar shaxslar asosiy vositalaming saqlanishini kuzatib boradi va barcha o‘zgarishlarning hisobini yuritadi. Mas’ul javobgar shaxs almashganda uning javobgarligida bo‘lgan asosiy vositalar inventarizatsiyasi o‘tkaziladi va bu haqda qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma budjet tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Asosiy vositalar hisobi, kutubxona fondlaridan tashqari, tiyinlarsiz to‘liq so‘m hisobida olib boriladi. Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni ta’minlash va hisobni tashkil qilish uchun har bir obyekt(buyum)ga, inventar raqami beriladi. Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamg‘aga belgilanadi yoki obyektning o‘ziga bo‘yoq bilan va boshqa usullar bilan belgilanadi. Asosiy vositalarning obyektiga berilgan inventar raqami uning muayyan budjet tashkilotida bo‘lgan butun davri davomida saqlanib qoladi. Hisobdan chiqarilgan yoki tugatilgan obyektlarning inventar raqamlari yangidan olingan boshqa asosiy vositalarga berilmasligi kerak. Yumshoq inventar buyumlar maxsus muhr (shtamp) yordamida, yuvganda o‘chmaydigan bo‘yoq bilan markalanadi. Maxsus muhr (shtamp)da budjet tashkilotining nomi, buyumlar foydalanishga berilganda esa, qo‘shimcha ravishda, foydalanishga berilgan yili va oyi ham bo‘lishi kerak. Ijaraga olinganda asosiy vositalar ijarachilarda balansdan tashqaridagi 01-«Ijaraga olingan asosiy vositalar» subschyotida ijaraga beruvchilar tomonidan ularga belgilangan inventar raqami bilan hisobga olinadi. Asosiy vositalarning analitik hisobi AV-6 shakldagi va AV-8 shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar obyekti (buyumi) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi buyumlar AV-9 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi. AV6, AV-8 va AV-9 shakllardagi inventar kartochkalar AV-10 shakldagi asosiy vositalarning inventar kartochkalarini xatlashda ro‘yxatga olinadi. AV-6 shakldagi inventar kartochka binolami, inshootlami, uzatkich qurilmalarini, mashinalar va uskunalami, asboblami, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik inventarlarini hamda transport vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Asosiy vositalar muayyan budjet tashkiloti ichida joydan-joyga ko‘chirilganda tegishli yozuvlar mazkur kartochkaning orqa tomoniga qayd qilinadi. AV-8 shakldagi inventar kartochka ishchi hayvonlarni, mahsuldor va zotdor mollarni hisobga olish uchun hamda ko‘p yillik daraxtlami va yerni yaxshilashga doir kapital xarajatlami hisobga olish uchun xizmat qiladi. AV-9 shakldagi inventar kartochka kutubxona fondlarini va sahnaga qo‘yish jihozlarini guruhlab hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlarida asosiy vositalarga eskirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘matilgan foizlar bo‘yicha hisoblanadi. Asosiy vositalaming eskirishini hisobga olish uchun ikkinchi tartibli 020-«Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti qo‘llaniladi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalaming eskirish summasi yuqorida keltirilgan me’yorlar bo‘yicha to‘liq kalendar yil uchun (hisobot yilining qaysi oyida olinganligidan yoki qurilganligidan qat’iy nazar) aniqlanadi. Bu subschyot passiv subschyot hisoblanadi. Asosiy vositalaming eskirishi hisoblanganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Asosiy vositalaming AV-6, AV-8 shakldagi inventar kartochkalariga ulaming yillik eskirish me’yori va summasi, eskirish so‘nggi marotaba hisoblanadigan yil yozib qo‘yiladi. Eskirish summasi asosiy vosita qiymatining 100 foizidan oshmasligi kerak. Asosiy vositaning qiymatini 100 foiz miqdorida eskirish hisoblangan, lekin undan kelajakda hali foydalanish mumkin bo‘lsa ham uni, to‘la qiymatga teng bo‘lgan eskirish hisoblangani sababli, hisobdan chiqarishga asos bo‘la olmaydi. Download 115.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling