Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarning kirimi va chiqimi
Download 115.77 Kb.
|
Suvonqulov Dostonbek
Tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob to’rt bo’lim, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I BOB. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi 1.1 Budjet muassasalarida asosiy vositalarni hisobga olish xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 20-yanvarda 1299-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 5-sonli «Asosiy vositalar» milliy standarti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 14-iyundagi 03-04-04/287-sonli «5-sonli BHMS budjet tashkilotlarida qo‘llash to‘g‘risida»gi xatiga muvofiq asosiy vositalarning saqlanishini ta’minlash, ulaming butligi va mavjudligi ustidan nazorat qilish, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish hamda ulami hisobda, balansda va hisobotlarda to‘g‘ri qayd qilish budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining vazifalari hisoblanadi. Asosiy vositalar- 10 yil va undan ortiq xizmat qiladigan hamda har binning (komplektning) qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (muayyan moddiy aktivni sotib olish vaqtida) eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan kam bo‘lmagan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar tarkibida yer, binolar, inshootlar, uzatkich qurilmalari, mashinalar va uskunalar, kompyuter texnikasi va periferiya uskunalari, transport vositalari, asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondlari, boshqa asosiy vositalar (ko‘p yillik daraxtlar va inshootlami qurish bilan bog'liq bo‘lmagan erlami yaxshilashga oid kapital xarajatlar, muzey qiymatliklari, hayvonat olami eksponatlari, sahnaga qo‘yish vositalari, namunaviy loyihalash bo‘yicha hujjatlar, texnik tashuvchi (jism)lardagi dasturlar, o‘quv kinofilmlari, magnitli diskalar va lentalar, kassetalar va boshqalar) bo‘ladi. Budjet tashkilotlarida qiymati va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollari, ishchi va mahsuldor hayvonlar (maydalari ham), kutubxona fondlari, muzey qiymatliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonat olamining eksponatlari va namunaviy loyihalash bo‘yicha hujjatlar, asosiy vositalar tarkibiga kiradi. Budjet tashkilotlarida har binning (komplektining) qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (muayyan buyumni sotib olish vaqtida) eng kam ish haqining 50 baravarigacha bo‘lgan, xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, buyumlar hamda baliq ovlash qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar, arqonlar, merejlar va shu kabilar), qiymatidan va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, asosiy vositalar jumlasiga kiritilmaydi. oshxona va ovqatlanish xonasi inventarlari, shuningdek ovqatlanish xonasi dasturxon-sochiqlari; qurilish-ta’mirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtincha qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar). Asosiy vositalar balansga boshlang'ich (dastlabki) qiymatida kirim qilinadi, qayta baholangandan so‘ng ular qayta baholash qiymati bo‘yicha hisobga olib boriladi. Asosiy vositaning boshlang'ich qiymati deganda asosiy vositani barpo etish (qurish va oxirigacha qurib yetkazish) yoki asosiy vositalami sotib olish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlar qiymati tushuniladi. Asosiy vositani olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish, foydalanishga topshirish va uni tayinlanishiga muvofiq foydalanish uchun aktivni ish holatiga keltirish bilan bog'liq bo‘lgan har qanday boshqa xarajatlar hamda to‘langan va qoplanmaydigan soliq(yig'im)lar budjet tashkilotlarida asosiy vositalarning boshlang'ich (dastlabki) qiymatiga kiritilmaydi. Asosiy vositaning qayta tiklash qiymati deganda asosiy vositaning qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymati tushuniladi. Asosiy vositalarning boshlang'ich (dastlabki) qiymati inflatsiya sur’atlarini hisobga olib vaqti-vaqti bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan qayta baholanadi. Download 115.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling