Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarning kirimi va chiqimi


Asosiy vositalarni qayta baholash


Download 115.77 Kb.
bet6/16
Sana05.01.2022
Hajmi115.77 Kb.
#215670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Suvonqulov Dostonbek

Asosiy vositalarni qayta baholash

Hukumatning qarori bo‘yicha yilning ma’lum sanasidagi holat bo‘yicha asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda, budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini qayta baholash har yili 1-yanvar holatiga (joriy yilning 1-fevraligacha) qayta baholash o‘tkazilayotgan davrdagi baholaming darajasidan kelib chiqib, amalga oshiriladi.

Qayta baholash paytida asosiy vositalaming to‘liq qayta tiklash qiymati, ya’ni agar tashkilot qayta baholash sanasida mavjud bo‘lgan bozor narxlari va tariflari bo‘yicha ularni xuddi shunday yangi obyektlarga to‘liq almashtirishi shart bo‘lsa, u amalga oshirishi kerak bo‘lgan xarajatlaming to‘liq qiymati belgilanadi.

Ma’naviy eskirgan obyektlaming to‘liq qayta tiklash qiymati, obyektlaming ma’naviy eskirishi tegishli narxlar va tariflarning o‘zgarish darajalari va sur’atlarida aks etishidan kelib chiqib, ularni tayyorlashga doir mavjud xarajatlar asosida, qayta baholash sanasida mavjud bo‘lgan narxlar va tariflar bo‘yicha belgilanadi.



Ishlab chiqarishdan chiqarilgan obyektlaming to‘liq tiklash qiymatini belgilash paytida ulaming aniq nusxasini tayyorlash uchun narxlar va xarajatlarni hozirgi sharoitda belgilash amalda mumkin emasligi sababli, ushbu qiymat ilgari chiqarilgan va hozirgi obyektlaming eng muhim foydalanish xususiyatlariga nisbatan tuzatishlar kiritilgan, ishlab turgan xuddi shunday chiqarilayotgan obyektlaming to‘liq qayta tiklash qiymati asosida o‘rin egallash qiymati sifatida belgilanadi.

Texnik holatidan qat’iy nazar tashkilotning mulkida, uning xo‘jalik yuritishi (ishlab turgan va foydalanilmayotgan) turgan, konservatsiyada turgan, hisobdan chiqarish uchun tayyorlab qo‘yilgan, lekin belgilangan tartibda tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilmagan, barcha asosiy vositalar qayta baholanishi kerak.



Asosiy fondlaming to‘liq qayta tiklash qiymati tashkilotning xohishiga qarab, alohida obyektlar qiymatini yilning 1-yanvarida shakllangan baholanayotgan obyektlarga aynan o‘xshash, yangi obyektlarga doir hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha to‘g'ridan-to‘g'ri qayta hisoblash yo‘li bilan (matn davomida-«To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash usuli») yoki-asosiy fondlar turlari va eskirish foizi bo‘yicha tabaqalashtirilgan, asosiy fondlar qiymatining o‘zgartish indekslarini qo‘llagan holda alohida obyektlarning dastlabki (qayta tiklash) qiymatini indekslash yo‘li bilan (matn davomida-«Indeks usuli») belgilanadi. Bunda asosiy fondlaming bir turdagi obyektlari bo‘yicha (rusumlar, turlar va hokazolar bo‘yicha) yagona usul qo‘llaniladi.

Qayta baholashni tashkilot mustaqil ravishda yoki qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo‘lgan ekspert mutaxassislarni jalb etish bilan amalga oshiradi.






Download 115.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling