Smetalarning guruhlanishi
Amal qilish
muddatiga ko‘ra
Xarajat
manbalariga ko‘ra
Muassasaning va
tadbirning turiga ko‘ra
Byudjet mablag’lari
bo’yicha xarajatlar
smetasi
Yakka (individual) smeta
Vaqtinchalik
smeta
Jamlanma smeta
Byudjetdan tashqari
mablag'lar bo’yicha
daromad va
xarajatlar smetasi
Doimiy
smeta
Markazlashtirilgan
tadbirlar uchun smeta
2.1-rasm. Budjet tashkilotlari smetalarining guruhlanish2
Vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo’limlarining markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo’yicha arkazlashtirilgan tadbirlar uchun xarajatlar smetasi ular tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar bo’yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda xarajatlar smetasiga har bir markazlashtirilgan tadbirlar bo’yicha hisob-kitoblar ilova qilinadi.
Kelgusi yilga yangidan ochilishi kerak bo’lgan tashkilotlarni tashkil etish, saqlash bo’yicha xarajatlar smetasi tegishli vazirliklar, idoralar hamda tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari tomonidan har bir tashkilotga alohida, mehnatga haq to’lash shartlari va shunga o’xshash faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlarda mavjud bo’lgan xarajatlarning o’rtacha me‘yorlaridan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunda yangi tashkilotlarni saqlash xarajatlari ushbu tashkilotlar faoliyatining boshlanishi mo’ljallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |