Budjetdan mablag’ oluvchilarni xarajatlar guruhlari bo’yicha davlat budjetidan moliyalashtirish
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar
II guruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar)
III guruh – Kapital qo’yilmalar
IV guruh – Boshqa xarajatlar
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarga quyidagi xarajat turlari kiradi:
asosiy va qo’shimcha ish haqi;
Moddiy rag’batlantirish jamg’armasi mablag’lari (umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda – Ta‘lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirish Direktor jamg’armasi mablag’lari);
Stipendiyalar.
Umuman olganda, budjet tashkilotlari xodimlari ish haqini hisoblashda ular mehnatiga haq to’lashning Yagona Tarif Setkasi (YATS) qo’llaniladi. YATS O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatiladi. U 22 ta razryaddan va har bir razryad uchun o’rnatilgan tegishli tarif koeffitsiyentlaridan iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o’rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va budjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun
qo’llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to’lashning tarmoq setkasi qo’llaniladi. Masalan, oliy ta‘lim muassasalari, xalq ta‘limi muassasalari, sog’liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to’lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
II guruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar). Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to’lov summasi, shuningdek, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta mukofotini to’lash xarajatlari aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |