Budjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari


Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarblig


Download 0.55 Mb.
bet2/16
Sana09.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1255783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ЖУМАЕВ ШОДМОН MOLIY FANIDAN KUR ISHI asli





Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarblig. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan budjet tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmini isloh qilishga, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, qator choratadbirlar amalga oshirildi. Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qator ijtimoiy sohalar: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi organlari muassasa va tashkilotlari budjet tashkiloti maqomida faoliyat qiladi. Davlat budjetining kata miqdori ham aynan shu sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, moliyalashtirish uchun qabul qilish tartiblari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli tarmoq vazirliklarining me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Lekin oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining g‘azna ijrosi mexanizmlarining joriy etilishi, budjet mablag‘lari hisobidan davlat xaridlarini tashkil etish tartiblarining belgilanishi va budjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlari xarajatlarini aniq rejalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishni talab etmoqda. Yuqorida keltirilgan fikirlar kurs ishining dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalar. Respublikamizda xarajatlar smetasidan samarali foydalanish borasidagi asosiy kamchiliklar budjet tizimining kengligi, xarajatlar smetasini tuzishning va g’aznachilik tizimining shaffof emasligida namoyon bo’lmoqda. Ayrim hollarda xarajatlar smetasini shakllantirish tamoyillarining buzilishi, xarajatlarning rag’batlantirish vazifasini to’laqonli bajarmayotganligi holatlari kuzatilmoqda. Xarajatlar smetasidan samarali foydalanish va xarajatlarni minimallashtirishni tog’irisida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish kurs ishining maqsadi hisoblanadi.
Ushbu maqsadlardan foydalanib quydagi vazifalar qo’yildi.

  • Budjet mablag‘larining, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘gri sarflanishini ta'minlash;

  • Vazirlik markaziy apparati hamda Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan vazirlik tizimidagi vazirlik va muassasalarning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tayyorlash va Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • Smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;

  • Vazir yoki vazir tomonidan tayinlangan vazir o‘rinbosari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling