Budjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari
Download 0.55 Mb.
|
ЖУМАЕВ ШОДМОН MOLIY FANIDAN KUR ISHI asli
Daromad va xarajatlar smetasi budjet tashkilotlaritomonidan joriy moliya yiliuchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, undatashkil bo’lish anbalari vaushbu mablag’larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda budjetdan tashqaridaromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlari quyidagi budjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha smetalar tuzadilar: Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi; Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi; vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalari; budjet tashkilotlariga undiriladigan to’lovlar hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan, o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida, umumta‘lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktabinternatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta‘lim muassasalarida saqlab turilganligi uchun, o’quvchilar bolalar musiqa va san‘at maktablari hamda maktabdan tashqari ta‘lim muassasalarida ta‘lim olganligi uchun, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida ta‘lim olganlik uchun, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi to’lovlar. Masalan, oliy ta‘lim, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida talabalarni o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar va ularni ishlatish yo’nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2634-sonli Nizom) bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromad va xarajatlar smetasi asosida rejalashtiriladi. Markazlashtirilgan tadbirlar uchun smetalar – vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo’limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo’yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilarini qishki kiyim-bosh bilan ta‘minlash, birinchi sinf o’quvchilariga o’quv qurollari va anjomlari komplekti taqdim qilish bilan bog’liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasida markazlashtirilgan tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi. O’zbekiston Respublikasida budjetdan mablag’ oluvchilarning aksariyat qismini tashkilqiluvchi budjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirishning me‘yoriy-huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar sharhini keltirgan edik. Ushbu hujjatlar qatorida nomi keltirilgan ‘’Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom’’4 bugungi kunda budjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilab beradi Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling