Budjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari


Download 0.55 Mb.
bet10/16
Sana09.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1255783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
ЖУМАЕВ ШОДМОН MOLIY FANIDAN KUR ISHI asli

Smetalarni tuzish. Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo’yicha, xarajatlarning to’liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni O’z ichiga olgan holdagi ilova
bilan birgalikda tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo’lib, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi. Xarajatlar smetasini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish
davomida O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari o’zlariga bo’ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining budjetni tuzish tartibi va muddati to’g’risidagi qaroridan va moliya organining ushbu masala bo’yicha ko’rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida ko’rsatmalar beradilar. Smeta bo’yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag’larga bo’lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlarini va iqtisodqilishning qat‘iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

2.3-rasm. Xarajatlarni hisoblab chiqishda talab etiladigan omillar
Yuqoridagi paragrafda ta‘kidlanganidek, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va yoki tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo’linma sifatidagi budjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli
hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha jamlanma xarajatlar metasi tuziladi. Bu tashkilotlarning rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo’yicha budjetdan ajratilgan mablag’larni taqsimlovshilar bo’lib hisoblanadilar.
Jamlanma xarajatlar smetasi, budjet mablag’larini taqsimlovshilar bo’lgan tashkilot rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud hisob va hisobot, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi. Buning uchun vazirliklar va idoralar, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari o’zlariga qarashli tashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar, xarajatlar smetasini tuzish masalalari bo’yicha qonunchilik talablarini tushuntiradilar, budjet mablag’lari bo’yicha smeta hisobkitoblarini albatta qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomiga, iqtisod qilish tartibiga rioya qilish haqida ko’rsatmalar beradilar, shuningdek, smetalarni tuzish hamda maxsus blankalarni to’ldirish texnikasi masalalari bo’yicha maslahatlar beradilar. Vazirliklar va idoralar, bir vaqtning o’zida o’zlariga qarashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy ko’rsatkichlari asosida (sinflar, o’quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-kunlar, bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar.
Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar quyi budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko’rsatkichlar ro’yxati bo’yicha taqdim qilinadi, ularga xarajat guruhlari bo’yicha qilingan hisob-kitoblar ilova qilinadi.
Buyurtmalarda quyidagi ma‘lumotlar ko’rsatiladi:
isitish, yoritish, suv ta‘minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko’rsatkichlar;
sotib olish uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro’yxati;
kapital va joriy ta‘mirlash bo’yicha asosiy ishlar ro’yxati;
o’rmon xo’jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi;
qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritish bo’yicha ishlar hajmi va boshqa ko’rsatkichlar hisobi;
bino va inshootlarni kapital ta‘mirlash bo’yicha manzilli ro’yxatga kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi;
budjetdan mablag’lar ajratishni asoslash uchun boshqa kerakli hisob-kitoblar.
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan tegishlitashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko’rib chiqiladihamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobgaolinadi. Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilganjamlanma xarajatlar smetasining loyihalari tegishli tashkilotlarrahbarlari ishtirokida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlangandan so‘ng unga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari o‘z tasarruflarida bo‘lgan tashkilotlar xarajatlar smetalariga kerakli tuzatishlar kiritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari ular tomonidan ilgari belgilangan tashkilotlar smetalari bo‘yicha yillik mablag‘lar miqdorlarini budjet bo‘yicha barcha smetalar xarajatlari umumiy summalariga mos keladigan qilib aniqlik kiritadilar.
Xarajatlar smetasini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari belgilangan yillik budjetning choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga amal qilgan holda, hajmlari budjet bilan har bir chorakka (oyga) alohida belgilangan xarajatlarning umumiy summasi, shuningdek ish haqi, ish beruvchilarning ajratmalari, kapital qo‘yilmalar va boshqa turdagi xarajatlar summasi budjetning tasdiqlangan choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda tashkilotlarning xarajatlar smetasi bo‘yicha qabul qilingan yillik xarajatlar summasini choraklar (oylar) bo‘yicha bo‘lishlari kerak. Smeta hujjatlarining bir qismi sifatida belgilangan smeta qiymati rejalashtirish uchun asosdir kapital qo'yilmalar, qurilishni moliyalashtirish, bajarilgan pudrat ishlari uchun hisob-kitoblar, asbob-uskunalarni sotib olish va uni qurilish ob'ektlariga etkazib berish xarajatlarini to'lash, shuningdek, yig'ma smetada nazarda tutilgan mablag'lar hisobidan boshqa xarajatlarni qoplash. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tashkilotlarning xarajatlar smetasi uchun yuqorida aytib o‘tilgan Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetasini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki tegishli viloyatlar, shaharlar, tumanlar Xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining budjet haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddat ichida (agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa) va tegishli budjetlarda turuvchi tashkilotlar uchun xarajatlar tasnifi moddalari bo‘yicha bo‘lingan holda amalga oshiriladi hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar o‘rinbosari) imzosi bilan, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda, shuningdek ushbu tashkilotning muhri smetaning barcha nusxalariga bosilib, bir paytning o‘zida xarajatlar smetasi bo‘yicha umumiy summasini yuqori o‘ng burchagida shtatdagi xodimlarning mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining umumiy summasini ajratib ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi.


  1. Download 0.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling