Budjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari


Smetalar va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish


Download 0.55 Mb.
bet13/16
Sana09.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1255783
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ЖУМАЕВ ШОДМОН MOLIY FANIDAN KUR ISHI asli

Smetalar va shtatlar jadvalini
ro‘yxatdan o‘tkazish



Smetalar va shtatlar jadvalini
ro‘yxatdan o‘tkazish

Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, vaqtinchalik xarajatlar smetasini, shuningdek, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini ro’yxatdan o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:






O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligida

QR Moliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklarining
moliya boshqarmalarida

tumanlar va shaharlar
hokimliklarining moliya
bo’limlarida

tumanlar va haharlar budjetidan
moliyalashtiriladigan
tashkilotlarning
smetalari va shtat
jadvallari

Respublika byudjetidan
moliyalashtiriladigan
budjet mablag’larini
taqsimlovchilarning
smetalari va shtat
jadvallari

Hududiy budjetlardan
moliyalashtiriladigan
budjet tashkilotlari va
budjet mablag’lari
oluvchilar smetalari va
shtat jadvallari



3.3-rasm. Smetalar va shtatlar jadvallarini ro’yxatdan o’tkazish
Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi shtamp bilan:

  • birinchi nusxasi — tegishli budjet tashkiloti yoki budjet mablag’lari oluvchiga qaytiriladi;

  • ikkinchi nusxasi — har bir budjet tashkiloti yoki budjet mablag’lari oluvchilar uchun alohida papkalarda budjet mablag’larini taqsimlovchining tegishli moliya-iqtisod bo’linmalarida saqlanadi;

  • uchinchi nusxasi — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet mablag’larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari bilan birgalikda taqdim qilinadi.

Budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishining nazorat etilishini ta‘minlash maqsadida xarajatlar smetasi va htat jadvallari ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng bir haftalik muddatda budjet tizimi budjetlaridan moliyalashtiriladigan idoralarning rahbarlari tomonidan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarda, shuningdek, ular bo’ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishini ta‘minlovchi buyruqlar chiqariladi. Buyruqlar bilan budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilish, xarajatlarni tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida amalga oshirish, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish,budjetga keltirilgan zararni qoplash bo’yicha choralarni qabul qilish,budjet va smeta-shtat intizomini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish kabi holatlar tartibga solinadi.
Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo‘yicha alohida qatorda mehnatga haq to‘lash shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va yil bo‘yicha hisob-kitoblar natijasida ustamalar to‘lashga, qo‘shimchalar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ko‘rsatiladi. masalan, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda shakllanadigan Budjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi. Uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirishni to‘lash, moddiy yordam ko‘rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va boshqalar.
Budjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tuzishda bo‘sh o‘rinlarning bo‘lmaslagiga va iqtisod qilingan, tejalgan, ishlatilmay qolgan mablag‘larni mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan tuzuvchilarga ma’suliyatini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Yuqori tashkilot moliya organiga xarajatlar guruhlari bo’yicha xarajatlar yig’ma smetasini, xarajatlarning to’liq yoyilmasini va xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarni ilova qilgan holda, shunungdek qaramog’idagi barcha tashkilotlar bo’yicha esa ro’yhatdan o’tkazish uchun hamma talablarga va m\belgilangan muddattta malga oshirilishi kerak. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yhatdan o’tkazish paytida molya organalari o’z vakolatlri doirasida ortiqcha shtatlarni yo’qotishlari lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro’yhatdan o’tkazishni amalga oshirish kerak. Tashkilotlardagi xarajatlar smetasini tuzishda kompyuter texnikasi mavjud bo’lishi va har bitta jurnallar avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishi va programmalshtirilgan bo’lishi kerak.
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta va vaqtinchalik xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti tasarrufidagi tashkilotlar – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti tasarrufidagi tashkilotlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarida;
- Shaharlar va tumanlar budjeti tasarrufidagi tashkilotlar – shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlarida.
O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modelida moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kelib chiqishi va salbiy oqibatlari ta’siriga qarshi tamoyillarning mujassam ekanligi. Islohotlarning izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Davlatning bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi. Mamlakatimizda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi hamda real sektor korxona va tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash uchun yetarli zaxiralar yaratilganligini, jumladan, 2023-yilda ish haqi va pensiyalar joriy yilgidan 3 barobarga kamroqqa oshadi.
Joriy yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatalari «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilgan va yakunda hujjat loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan edi.

Mazkur hujjat loyihasida aks etgan raqamlarda ko‘rinishicha, kelgusi yilda davlat budjetidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 3 trln 798 mlrd 789,8 mln so‘m ajratilmoqda. Bu esa o‘tayotgan yilda bu maqsadlar uchun ajratilgan summadan taxminan 3 barobarga kam. Ya’ni 2022-yilgi davlat budjetida bu uchun 11 trln 359 mlrd 492,5 mln so‘m ajratilgan edi.


Shuningdek, 2023-yilgi davlat budjetidan:

  • budjet tashkilotlari xodimlariga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarga – 665 mlrd (2022-yilda – 500 mlrd 650,5 mln) so‘m;

  • xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik nafaqa pulini budjet mablag‘lari hisobidan to‘lab berishga – 300 mlrd 710 mln (2022-yilda bu maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilmagan) so‘m;

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni 2-bandiga muvofiq, 2023-yilning 1-yanvaridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobarigacha oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. 2023-yildan boshlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan oʻrtacha oylik ish haqini pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 12 baravaridan ortiq boʻlmagan (3 888 000 soʻm) miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqidan hisobga olish.
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi budjet jarayonni nazariy jihatdan tadqiq qilish hamda budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining buxgalteriya hisobi xususiyatlarini bozor munosabatlari talablari va mezonlari darajasida tashkil qilish va takomillashtirish, uslubiy jihatdan asoslab berish, budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining hozirgi davr shart-sharoitlariga mos keladigan qoidalarini ishlab chiqish zaruratini talab etmoqda.

3.4-rasm. 2018-2022-yillar o’rtacha ish haqi dinamikasi
Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (6 mln 314 ming), Navoiy (5 mln 125 ming) va Toshkent viloyatida (3 mln 946 ming), eng kam miqdori esa Farg‘ona (2 mln 900 ming), Namangan( 2 mln 924 ming) va Samarqand (2 mln 944 ming) viloyatlarida qayd etilgan. Hisobot davrida faqatgina uchta ma’muriy hududda (Toshkent shahri, Toshkent va Navoiy viloyatlari) nominal ish haqining darajasi respublikadagi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lib, qolgan barcha hududlarda bu ko‘rsatkich respublika darajasidan turli miqdorda past shakllangan.
Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining buxgalteriya hisobi xususiyatlarini tashkil etish va uni takomillashtirishni nazariy asoslash hamda aniq tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu yo‘nalish maqsadlari uchun quyidagicha vazifalar belgilanadi:

  • tasdiqlangan budjet parametrlari xarajatlar smetalari va shtatlar jadvali doirasida birinchi va ikkinchi guruhlarga kiritilgan to‘lovlarni birinchi navbatda belgilangan vaqtda to‘liq moliyalashtirishni aniqlash;

  • uchinchi guruh bo‘yicha kapital qo‘yilmalar xarajatlarini investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha o‘rnatilagn

moliyalashtirish rejalari doirasida amalga oshirish;

  • xarajatlarning to‘rtinchi guruhiga kiritilgan ustuvor to‘lovlar, oziq -ovqat va dori-darmonlar sotib olish xarajatlarini birinchi va ikkinchi guruh to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgandan keyingina belgilab berish;

  • huquqiy shaxs maqomi berilgan budjet tashkilotlarining faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshirishlari uchun buxgalteriya hisobi xususiyatlarini hisobga olish tartibini aniqlash.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling