Bug’ va gaz qurilmalari


Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni


Download 1.8 Mb.
bet3/20
Sana22.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1110764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
“Bug’ va gaz qurilmalari” fanidan ishchi dastur 2021 2022 yil

Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni

“Bug’ va gaz qurilmalari” fanini o‘rganish, loyihalash va ularni sanoatda va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida qo‘llash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning “Bug’ va gaz qurilmalari” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, plakatlardan foydalaniladi.


Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, ushbu fandan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda Sinkveyn uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Texnik fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarni mashg‘ulotning o‘quv maqsadlarini tuzishga o‘rgatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quv maqsadlari faqat o‘qituvchi faoliyati orqali ifodalanib kelinadi. Shuning uchun, o‘qitish natijalarni o‘quvchilarning vazifalari orqali ifodalashda ma’lum kamchiliklar sodir bo‘ladi. Bunday holda, o‘quv maqsadlari tushunchasini anglash fazasida o‘rgatishda Sinkveyn uslubini qo‘llash foydalidir.
Sinkveyn tuzishning o‘ziga xosligi shundaki, talabalarga katta hajmdagi texnikaviy axborotni, ishlab chiqarish qurilmasi va jihozlarini, murakkab texnologik jarayonlarni bir nechagina so‘z yordamida bayon etish imkoniyatini beradi.


ASOSIY QISM
(7-semestr)
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni (72 soat)


1-modul. Bug’ turbinalari haqida umumiy ma’lumotlar.


Ma’ruza №1-2. Bug’ turbinasining ishlash prinsipi. Bug’ turbinalari konstruksiyasi, issiqlik jarayoni xarakteri, bug’ parametrlari va sanoatda ishlatilishiga qarab guruhlanishi. (4-soat.)
Bug’ va gaz turbinalarining hamda bug’ turbinasi qurilmasining tuzilishi, ishlash prinsipi va unda sodir bo’ladigan termodinamik jarayonlarni o’rganish hamda ularni tahlil qilish muhim ahamiyati.Fanni o’zlashtirishda bug’ turbinalari konstruksiyasi, issiqlik jarayoni xarakteri, bug’parametrlari va sanoatda ishlatilishiga qarab asosiy guruhlarga bo’linishi o’rganiladi.Shuningdek darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, plakatlardan 
foydalaniladi.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling