Bugalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar, 1c dasturini kompyuterga o’rnatish va unda ishlash


Download 115.97 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi115.97 Kb.
#1271126
  1   2   3   4   5
Bog'liq
21 mavzu (1)


Bugalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar, 1c dasturini kompyuterga o’rnatish va unda ishlash.

Milliy iqtisodiyotni boshqarishdagi o ‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o ‘tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisobning xalqaro tizimlariga o‘tishi amalga oshirmoqda, bu uning uslubiyatining yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta o ‘zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining obyektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablagiari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi1.


Buxgalteriya hisobi va soliq hisobini avtomatlashtirish dasturlari buxgalteriya hisobining barcha asosiy vazifalarini - ish haqi fondi, joriy hisob varaqdagi pul muomalalarini, kassa operatsiyalari, sintetik hisob, asosiy vositalar va moddiy boyliklarni hisobga olish, qarzdorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Buxgalteriya soxasidda ishlatiladigan dasturlarining ishlash printsipi oddiy - buxgalter birlamchi hujjatlarni (to’lov topshiriqnomalari, kassa tushumlari, chiquvchi topshiriqlar, schyot-fakturalar va boshqalar) to’ldiradi va dastur barcha kerakli yozuvlarni yaratadi va hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun dasturchilar va turli individual jamoalari turli xil dasturiy mahsulotlarni yaratishdi va ular ustida xozirda xam ishlashmoqda.
Buxgalteriya dasturlari oddiy soliqlarni hisoblash va deklaratsiyalarni to’ldirishga yordam beradigan dasturlardan tortib, nisbatan qiyin ya’ni yirik korporatsiyaning barcha resurslarini muvozanatli boshqarishni ta’minlaydigan to’liq miqyosli ko’p foydalanuvchili tizimlargacha, barcha biznes jarayonlari - ishlab chiqarish, xaridlar, sotish, moliya, xodimlar – ma’lumotlarini boshqarish tizimlari deb ataladigan ma’lumotlarni birlashtirgan murakkab mexanizmlarni xam o’z ichiga oladi.
So’nggi yillarda dastur buxgalter bilan emas, balki ma’lumotlarni qayta ishlash markazida (markazlashgan xolda) joylashgan "bulutli buxgalteriya" keng tarqaldi. Bulutli buxgalteriya hisobidan foydalanish qulayroq va ishonchli, eng muhimi, u bilan Internetga kirish imkoni bo’lgan istalgan joydan ishlatish mumkin.
Xozirgi kunda juda ko’plab buxgalteriya soxasi uchun yaratilgan dasturlar mavjud bo’lib quyida ularning ayrim vakillari va ularning imkoniyatlarni ko’rib chiqamiz.
Ba’zan buxgalteriya uchun bepul dasturlar mavjud bo’lib, ushbu bepul mahsulotlarning funktsionalligi har doim cheklangan - kam sonli operatsiyalar mavjud bo’lishi mumkkin. Dasturni ishlab chiquvchi bepul dasturning ishlashi uchun hech qanday javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Foydalanuvchi dasturdan amaliy foydalanish jarayonida muqarrar ravishda yuzaga keladigan savollarni berishga haqli emas. Bepul dasturlarda deyarli hech narsani o’zingiz sozlashingiz yoki o’zgartirishning imkoniyati yo’q.
Har qanday korxona qulay va ishonchli buxgalteriya dasturining ishlatish uchun dasturni sotib olish va qonuniy kafolatlar ega bo’lish ijobiy manfaat beradi. Chunki bu korxonaning moddiy boyliklari, pul mablag’larini hisobga olish, buxgalteriya hisobi va soliq hisobi ma’lumotlarining xavfsizligi haqida gapirilgandan qonuniy kafolatga ega bo’lgan dasturni ishlatish nazarda tutiladi.
Faqat qonuniy ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi, tuzilgan litsenziya shartnomasiga muvofiq, yuqori sifatli dasturiy ta’minot va malakali texnik yordam, shu jumladan masofadan turib Internet orqali yoki mutaxassislarni mijozga jo’natgan holda ishlash huquqiga ega bo’ladi.
Quyida oxirgi 30 yil davomida dunyo va SNG davlatlari miqyosida ishlatib kelinayotgan uzluksiz rivojlanayotgan va takomillashib borayotgan xamda keng foydalanuvchilar orasida ishonchliligi isbotlagan dasturiy mahsulotlarni ko’rib chiqamiz.
Barcha ma’lumotlar ochiq manbalardan -ya’ni kompaniyalarining rasmiy veb-saytlaridan olingan.

Download 115.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling