Bug'doy morfologiyasi va turlari


Download 56.39 Kb.
bet6/14
Sana01.03.2023
Hajmi56.39 Kb.
#1239203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'simlikshunos -6 mavuz

Botanik ta’rifi. Yeryong‘oq dukkakdoshlar (Fabaceae) turkumigakiradi. Bu turkumga 30 tur kiritiladi. Ular orasida madaniy va yovvoyiturlar bor. Eng ko‘p ekiladigan tur Azachis hypogaea L. vulgazis L. madaniy yeryong‘oq.
Biologiyasi. Yeryong‘oq – issiqsevar o‘simlik. Urug‘lari 12 0Sharoratda ko‘karib boshlaydi. Maysalari –1 0S sovuqda, voyaga yetgani 20Sda nobud bo‘ladi. O‘simlikning rivojlanishi uchun eng maqbul harorat 25-280S. Harorat 120S dan pasaysa mevalar hosil bo‘lmaydi. Yangi kovlangan dukkaklarining urug‘i –30S da unuvchanligini yo‘qotadi.
Yeryong‘oq namsevar, issiqsevar qisqa kun o‘simligi. Namga eng talabchan davri gullash boshlanishidan mevalar hosil bo‘lishining oxirigacha. Bu davrda namlik yetishmasligi gullash va meva hosil bo‘lishining to‘xtashiga olib keladi, hosil keskin pasayadi. Ekishdan gullashgacha yeryong‘oqning namga talabchanligi past, qurg‘oqchilikka ham chiday oladi. Dukkaklarning pishishi bilan suvga bo‘lgan talabi kamayadi. O‘suv davrioxirida ortiqcha namlik o‘suv davrini uzaytiradi, pishishni kechiktiradi.
O‘zbekistonda yeryong‘oq unumdor, g‘ovak, yaxshi ishlov berilgan, begonao‘tlar bosmaydigan yerlarga joylashtiradi. Og‘ir, sho‘rxok va botqoq tuproqlar yeryong‘oq uchun yaroqsiz. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda yaxshio‘sadi, yuqori hosil to‘playdi.O‘sish davri navlar, agrotexnikaga bog‘liq holda 120-160 kun.
Navlari. Qibray-4 navi Davlat reyestriga kiritilgan.
Yeryong‘oq sug‘oriladigan yerlarda, yetishtirish texnologiyasiga rioyaqilinganda gektaridan 30-40 ts hosil berishi mumkin. Hosildorligi 20-30 ts/ga bo‘lganda har gektarda 100-120 kg biologik azot qoldiradi. Shuning uchun yeryong‘oq g‘o‘za, kuzgi don ekinlari, makkajo‘xori, sabzavotekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh. Yeryong‘oqni almashlab ekishlarda kuzgibug‘doy, arpa, javdar, oraliq ekinlar, g‘o‘za, kartoshkadan keyin joylashtirish maqsadga muvofiq.
O‘g‘itlash. Yeryong‘oq organik va ma’danli o‘g‘itlarga juda talabchan.Organik o‘g‘itlardan chirigan go‘ng 15-20 t/ga solinishi yaxshi natija beradi. Chirimagan go‘ng yoki yarim chirigan go‘ng solinganda tuxum qo‘yuvchiqarsildoq qo‘ng‘iz g‘umbagi, simqurt va uning qo‘ng‘izlari ko‘payib ketib,yosh dukkaklarga zarar keltiradi.
Ma’danli o‘g‘itlarning yillik me’yori azot 10-15 kg, fosfor 60-80kg, kaliy
4060 kg/ga ni tashkil qiladi. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlar yernihaydashdan oldin, azotli o‘g‘it ekish oldidan beriladi.
Urug‘lar ekish oldidan nitragin yoki rizotrofin bilan ishlanadi.Rizotrofinni 1 ga ekiladigan uruqqa 200 g me’yorda aralashtribekish, dukkaklar hosilini 15-20% oshiradi.

Download 56.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling