Bug'doy morfologiyasi va turlari


Dukkakli yem-xashak o‘tlarning tavsifi. Beda sistematikasi va morfologiyasi


Download 56.39 Kb.
bet2/14
Sana01.03.2023
Hajmi56.39 Kb.
#1239203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'simlikshunos -6 mavuz

Dukkakli yem-xashak o‘tlarning tavsifi. Beda sistematikasi va morfologiyasi

Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati


Chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabi tabiiy yaylovlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlardan tayyorlangan ozuqalar bilan qondiriladi. Yem-xashak ekinlarining orasida yem-xashak o‘tlardan to‘yimli ozuqalar tayyorlanadi: ko‘kat, pichan, silos, vitaminli un, senaj. Bu ozuqalarning tarkibida hayvonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, oqsil moddalar, moy, mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar xushbo‘y, oson hazm bo‘ladi.
Yem-xashak o‘tlar guruhiga ko‘p yillik dukkakli, qo‘ng‘irbosh va bir yillik dukkakli, qo‘ng‘irbosh o‘tlar xamda boshqa oilaga mansub ekinlar kiradi.
Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning ahamiyati:

  1. Bir gektardan boshqa o‘tlarga nisbatan 2-3 marta ko‘p, o‘rtacha 2,5-3,0 t. oqsil to‘playdi. Shuning uchun dukkakli o‘tlardan eng to‘yimli ozuqalar tayyorlanadi.

  2. Dukkakli o‘tlar tarkibidagi oqsil yuqori sifatli bo‘lib, unda hayot uchun zarur aminokislotalar mavjud,shu tufayli bu oqsil yaxshi hazm bo‘ladi.

  3. Eng muhim biologik hususiyati shundaki, bu o‘tlar biologik azot to‘playdi.

  4. 4) Mineral azot ko‘p ishlatilsa, tuproq mikroflorasi faollashib organik yig‘indini mineral moddalarga aylantirib tuproqning tarkibidagi chirindi kamaytiradi va oqibatda unumdorligi pasayadi. Azotning ortiqcha qismi sizot suvlariga yetib boradi.

5) dukkakli o‘tlarni mohiyati ularning biologik hususiyati bilan bog‘liqdir, bu - dukkakli o‘simliklarning havo azotini o‘zlashtirib tuproqda azot to‘plash hususiyati, ko‘p yillik dukkakli o‘tlar 2-3 yilda bir gektarda 200-400 kg azot va ancha ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekilgan dala ekinlarning hosildorligi ancha oshadi.
6) ko‘p yillik dukkakli o‘tlar gekgarda uzoq o‘suv yemirilishidan saqlaydi, ayniqsa, erta bahor va kuz davridagi yog‘ingarchilik paytida.
8) ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun har yili ekilmaydi, urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi.
Umuman ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat kam bo‘ladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni: tuproq muxitiga talabchan, tuproqda fosfor, kali, bor, molibden yetarli miqdorda talab qiladi, urug‘chiligi ancha qiyin.
Dukkakli o‘tlar o‘rilgandan keyin o‘sish boshlanishidan shonalash va gullash davrigacha ko‘kat miqdori tez ko‘payib boradi. Gullash davridan boshlab bu jarayon sustlashadi, ko‘kat tarkibida azot kamayib boradi. O‘simlikdagi oziq moddalar ildizida to‘planadi. Bu qishlab chiqishga yordam beradi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrini oxirida uning miqdori kamayadi, kletchatka ko‘payadi, oziq sifati pasayadi.
Yem xashak o‘tlarining to‘yimliligi

Ozuqa va ekin
turlari


1 kg ozuqa tarkibida


Oziqa birligi, kg

Xazm bo‘ladigan oqsil, g

Kalsiy, g

Fosfor, g

Karotin, mg

Ko‘kat beda

0,21

27

3,8

0,7

40

qizil sebarga

0,17

36

6,4

0,6

50

Bargak

0,18

28

2,4

0,6

65

Pichan beda

0,52

79

9,3

2,2

25

qizil sebarga

0,49

116

17,7

2,2

45

Bargak

054

106

11,0

2,5

25

Dehqonchilikda o‘tlarning axamiyati ham katta, chunki bu o‘simliklar dala ekinlari uchun eng yaxshi o‘tmishdosh bo‘la oladi, tuproqda chirindi ko‘payadi, tuproqning suv-fizikaviy, kimyoviy holati yaxshilanadi, sho‘rlanish kamayadi, tuproq yemirilishini xam kamaytiradi.
Urug‘chiligi qiyin bo‘lganligi tufayli dukkakli o‘tlarning ekin maydonini kengaytirish ancha murakkab. Dukkakli o‘tlar urug‘i bir vaqtda yetilmaydi, erata yetilgani to‘kiladi. Hosilni yig‘ish muddati ekinlar bo‘yicha har xil bo‘ladi, qizil sebargani, bargakni urug‘i aksariyat holda ikki bosqichli usulda yig‘iladi, qashqarbedaning hosilini yig‘ishda kombayn deyarli ishlatilmaydi.
Dukkakli o‘tlarning urug‘ unuvchanligi saqlash davri har xil bo‘ladi. Bargakning ayrim turlarida urug‘ unuvchanligi 1-2 yil saqlanadi, sariq qashqarbeda 16-17 yil saqlanishi mumkin.
Dukkakli o‘tlarda toshsimon urug‘lar mavjud. Urug‘ qobig‘idan suv o‘tmaydi, urug‘ bo‘rtmaydi, unib chiqmaydi. Bunday urug‘lar ko‘p yildan keyin unib chiqishi mumkin. Bu xususiyat dukkakli o‘tlarni tabiatdi saqlanishini ta’minlaydi.
Bedani- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
O‘zbekistonda beda asosiy yem- xashak ekinlaridan biri va almashlab ekishda tumanlarda asosiy qishloq xo‘jalik ekinlaridan biri g‘o‘zaning asosiy, doimiy o‘tmishdoshidir. Beda chorva mollari uchun erta bahordan kech kuzgacha oziqa beradigan ekin. O‘zbekiston sharoitida beda havo harorati 70 dan oshganda jadal o‘sib boshlaydi.
Bedadan senaj, pichan, silos, briket, granula, vitaminli o‘t singari oziqalar tayyorlash mumkin. Juda ko‘p mamlakatlarda bedani oziqa ekinlarining malikasi deb atashadi. Beda arabchada alfa-alfa yoki birinchi-birinchi deyiladi, xuddi shunday nomlanish ingliz tilida ham qo‘llaniladi.
Ko‘p yillik o‘tlar orasida beda yashil massasi va pichani, granula, briket hamda vitaminli o‘t uni (talqoni) yuqori oziqaviy qimmatga egaligi, to‘yimliligi bilan ajralib turadi. Bir kg vitaminli o‘t unida 1kg suli donidagi oziqa birligi bor (0,81,0).
Beda sharbati dorivor sifatida odamlar tomonidan iste’mol qilinadi. Beda tuproqni suv va shamol eroziyasidan samarali himoya qiladi, oziqa moddalarning tuproq haydalma qatlamidan pastki, tuproqning ildiz tarqalmagan qatlamlariga yuvilib ketishidan saqlaydi.
Bedadan keyin gumus moddasining miqdori ortadi, ko‘pincha uch yillik beda ekilgan 1 ga maydonda 60-70 t go‘ng tarkibidagi miqdorda azot to‘planishi kuzatiladi. Tuproqni azot hamda organik moddalar bilan boyitadi. Tarkibida gumus moddasi ko‘p bo‘lgan tuproqning fizik-suv xossalari yaxshilanadi, issiqlikni o‘tkazishi pasayadi hamda uning is- siqlikni yutish, ushlash hususiyati ortadi. Bu ayniqsa kontinental iqlim sharoitida yuqori issiq hamda sovuqning salbiy ta’sirini kamaytirishga imkon beradi. Ayniqsa kuzgi don ekinlarida bu ijobiy hol samarasi ko‘p kuzatiladi. Tarkibida gumus miqdori ko‘p bo‘lgan tuproqlarda suvning fizik bug‘lanishi kam bo‘ladi va namlik madaniy ekinlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Beda tuproqning meliorativ holatini yaxshilaydi, sho‘rni kamaytiradi, sizot suvlar sathini pasaytiradi. Bu xususiyat bedaning kuchli rivojlangan ildiz tizimi bilan bog‘liq.
Beda 1 ga maydonda 3 yil davomida 300-400 kg azot to‘playdi. Uning keyingi ta’siri uch yilga yetadi. O‘zbekistonda g‘o‘za maydonlarida vilt kasalligining oldini oladi va uni kamaytiradi. Bedadan keyin g‘o‘za hosildorligi oshadi, tola sifati yaxshilanadi.
Bedaning 100 kg pichanida 48,8 o.b., shuncha ko‘k massasida 21 o.b. hamda 4 kg hazmlanadigan protein bor. Bir kg ko‘k massasida 50 mg karotin moddasi, shuningdek Sa, R, K va boshqa foydali elementlar ko‘p. Gullash fazasi boshlanishida o‘rilgan quruq yer usti massasida 19-21 % xom oqsil saqlanadi va uning hazmlanishi eng yuqori 78 % ni tashkil etadi. Pichanida 33,9 % AEM, 40 mg karotin moddalari saqlanadi. Ko‘k beda O‘zbekistonda 300 ming gektardan ortiq maydonga ekiladi. Yerlarning tuproq meliorativ sharoitiga qarab u almashlab ekishda 25- 35,4 % va sug‘oriladigan yerlarda 18-20 % maydonni band qilishi mumkin. Yerlarning unumdorligi past va meliorativ holati yomon bo‘lsa, almashlab ekishda beda ko‘proq maydonga ekilishi ma’qul. Beda serhosil ekin va u 1 gektardan 150-350 ts pichan va 400-800 ts yashil massa hosili berishi mumkin. Beda urug‘ining hosildorligi o‘rtacha 3-4 ts/ga, ilg‘or xo‘jaliklarda beda urug‘i hosili 810 ts/ga ga yetadi.
Kanadada sanoat texnologiyasi asosida, yovvoyi asalarilarni jalb qilish yo‘li bilan beda hosildorligi 18-22 ts/ga ga yetkazilgan.
Beda dunyo dehqonchiligida juda keng tarqalgan. Lotincha bedaning avlodi

Download 56.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling